12-Mavzu: Professional ta'limning maqsadi va mazmuni
Download 47 Kb.
|
1 2
Bog'liqProfessional ta\'limning maqsadi va mazmuni
-bu silsilaning hozirgi kundagi holati uning zamonaviy oliy cho`qqisi bo`lib,
-oldinda, istiqbolda rivojlanish, davr bilan uyg`unlashishning deyarli cheksiz imkoniyatlariga ega ekanligini, - O`zbekistonimizda turkiy ma`rifatparvarlarning eramizning VII-VIII asrlardayoq o`rtaga qo`ygan "tukriylarga turkona ta`lim berish" maqsadi uzoq mashaqqatli yo`ldan keyin faqat milliy istiqlol sharofati bilan amalda voqelanganligini kitobxonga yetkaza olgan. Shuning uchun bu qo`llanmani bo`lg`usi o`qituvchilar va didaktlar uchun foydali manba bo`la oladi deb hisoblayman. Ta`lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta`lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta`lim maqsadining ta`lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Kraevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o`rganish ta`lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta`lim maqsadi o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta`lim maqsadi ta`lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt va metodistlarning ta`lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta`lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta`lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To`g`ri, davlat va jamiyat ta`lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta`lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta`lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta`lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi. Mantiqshunoslar nuqtayi nazari bilan qaraganda maqsad - ma`lum jamiyatdagi insonlar amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasi. Ba`zi adabiyotlarda qadimgi hindlarga, ba`zilarida yunonlarga yoki arablarga nisbat beriladigan: "Maqsad unga erishish yo`l va choralarni belgilaydi", degan hikmatli so`z ostida juda katta ma`no yotadi. Maqsad insonning biror voqelikka bo`lgan ehtiyojining ongdagi in`ikosi yoki fikriy modeli bo`lib, u obyektiv sharoitlardan kelib chiqadi.1 Maqsadni amalga oshirish natijaga erishish demakdir. 1 1 Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling