12-mavzu. Psixologiyada muomalani o‘rganishning nazariy va metodologik asoslari


Download 155.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi155.45 Kb.
#1067485
  1   2
Bog'liq
12 MAVZU PSIXOLOGIYADA MUOMALANI O‘RGANISHNING NAZARIY VA METODOLOGIK



12-MAVZU. PSIXOLOGIYADA MUOMALANI O‘RGANISHNING 
NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI. 
REJA 
1.Muomalaning nazariy va metodologik muammolari.
2.Milliy g‘oya va muomala hamkorligi 
3. Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash 
Milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi to‘g‘risida birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, davlatimiz hujjatlari, faylasuf va 
siyosatshunos olimlarning ishlari e’lon qilinganligi tufayli na-zariy 
masalalar yuzasidan mulohaza yuritishga zaruriyat yo‘qdir. SHuning 
uchun buning o‘rniga milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini bolalar 
ongiga singdirishning amaliy jihatlari to‘g‘risida fikr almashishni 
ma’qul deb hisoblaymiz. O‘zbekiston Respublikasi-ning bir necha 
yillarga mo‘ljallangan har xil xususiyatli, lekin umumiylikni o‘zida aks 
ettiruvchi g‘oyalar mavjuddir. Ular vatani-miz taraqqiyotini ro‘yobga 
chiqaruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda, bizningcha, 
ular: 1) O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat, 2) O‘zbekistonda 
demokratik, huquqiy, fuqaroviy jamiyat barpo etish, 3) fuqarolar ongini 
ma’naviyat mash’ali bilan yori-tish, 4)mustaqil fikrlovchi, faol, fidoyi 
kishilarni tarbiya-lash, 5) komil insonni kamol toptirish va hokazo. 
Mamlakatimizning milliy g‘oyasi uning zaminida hayot kechi-
rayotgan barcha millatlar va elatlar uchun umumiydir. Xuddi shu bois 
milliy g‘oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy ke-lib chiqishidan 
qati nazar, hammasiga baxtli turmush, farovon hayot, o‘zaro totuvlik, 
mustaqillik 
tuyg‘usiga sadoqatlilik ezgu niyatlari ushalishini 
kafolatlaydi. Oldimizdagi navbatdagi vazifa tarbiyaning avvalgi 
vositalari va shakllari mohiyatini tubdan o‘zgartirish, insonga ta’sir 
o‘tkazishning yangi usullari-ni yaratishdan iboratdir. Bu borada 
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimiga alohida e’tibor berish maqsadga 
muvofiq. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga milliy g‘oyani singdi-
rishda, bizningcha, quyidagi vositalardan foydalanish yuqori samara 
berishi mumkin: 
xulq-atvor ko‘nikmasini egallashning, tabiatga va jism-larga 
nisbatan munosabatning tabiiy ifodalanishini shakllan-tirish; 
tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabat-larida tenglik 
(nisbiy ravishda), mustaqil xatti-harakat yorda-mi bilan maqsadga 
erishish 
uchun 
qulay 
shart-sharoitlar 
yaratish;yuksak insoniy 
tuyg‘ularni tarkib toptirishning atri-butlarini ishlab chiqish va hokazo. 


Bolalarga u yoki bu narsalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni 
tarkib toptirish uchun har bir xatti-harakat, xulq-atvor, syujet-li 
o‘yindagi rol, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish murak-kab ijtimoiy 
hodisa sifatida tasavvur qilinishi zarur. CHunki ijtimoiy hayotda va 
faoliyatda mayda (rezgi), ikkinchi darajali ahamiyatsiz narsaning o‘zi 
bo‘lishi mumkin emas. Binobarin, har qanday aqliy, axloqiy xatti-
harakat tarbiyaviy qamrovning sir-tidan tashqariga chiqib ketmasligi 
lozim. Aks holda tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning zanjirida zaif unsur 
vujudga kelishi uchun imkon tug‘iladi. Ushbu ruhiy holatlarni yaqqol 
misollar orqali izohlashga harakat qilamiz. 
Agar u yoki bu bolaning xulqida qo‘rslik, qo‘pollik namuna-si 
ko‘zga tashlansa, uning mana bunday mantiqiy izchillik yorda-mi bilan 
tushuntirish mumkin: “YAxshi bola hech qachon o‘rtog‘ini hafa 
qilmaydi. Qilig‘i qo‘pol bolani hamma yomon ko‘radi. YOmon-likka 
o‘rgansa, katta bo‘lsa ham uni takrorlaydi. YOmon bolalarni xalqqa, 
davlatga foydasi bormi?” 
Aytaylik, dov-daraxtlarga, o‘yinchoqlarga qaltis munosa-batda 
bo‘lgan bolaga shunday ta’sir o‘tkazish mumkin: “Daraxtlar oldin soya, 
keyinchalik meva beradi. Uni sindirsa bo‘ladimi? Uning joni og‘riydi, 
senga o‘xshab yig‘laydi. Unga ozor berma, uni asra, bizga foyda 
keltiradi. O‘yinchoqni sindirma, sendan kichik ukalaring uni o‘ynaydi. 
Bularni ehtiyot qilsak, pulimiz ko‘p bo‘ladi, mamlakatimiz esa 
badavlat. Bir kun kelib chiroyli uylar qurib berishadi, avtomat 
o‘yinchoqlar sovg‘a qilishadi. Bu yaxshimi?” 
Bola xulqi, munosabati va loqaydligini so‘z orqali izohlash, 
tanqid qilish tufayli xatti-harakatni to‘g‘ri baholashga o‘rgatiladi. 
Kelajak uchun ularni asrash-avaylash, o‘stirish yaxshi xulq ekanligi 
tushuntiriladi, tabiat va jami-yat inson uchun bir butunligi sodda 
iboralar bilan bolaning ongiga singdiriladi. Har qanday xatti-harakat 
baholanishi, befarqlik, loqaydlik ko‘rinishi yomon oqibatlarga olib keli-
shi ta’kidlanishi joiz. 
Maktabgacha ta’lim bolalariga axborot berish, tushun-magan 
holda yod olish u yoki bu ko‘nikmalarni shakllantirish-ga 
mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy savodxonlik darajasini ko‘tarishga 
qaratilgan, xolos. Hozirgi zamon pedagogik texno-logiyaning 
psixologik 
mohiyati 
ta’lim jarayonida bolalarga boshqacha 
yondashishni taqozo qiladi. An’ana bo‘lib kelinayotgan talim 
tizimining mazmuni muayyan bilim ko‘lamini bolalar miyasiga 
uzatishning omilkor yo‘llaridan foydalanishni na-zarda tutadi. Lekin 
bolaning fanga munosabati, uning imko-niyati ikkinchi darajali ijtimoiy 
muammo sifatida qaralib kelinadi. Navbatdagi ta’limiy muammo kim 


bilim oladi? de-gan jumboqqa javob topishdan iboratdir. Buning uchun 
tarbiya-chi maktabgacha ta’limni yakka tartibda va tabaqalashtirishni, 
bosqichma-bosqich yuzaga kelgan vaziyat hamda ularning imkoni-
yatlari bilan almashtirishni rejalashtirishi lozim. Tarbiya-chi bilan 
tarbiyalanuvchi o‘rtasida nisbiy tenglik (bola uchun qanaqa bilim 
kerak?) hamda inson omilini hisobga olish (is-te’dodi, zehni, 
ishchanligi, tezkorligi, uquvchanligi) ustidan mulohaza yuritish toki 
kattalarnipg ijtimoiy burchiga aylan-sin. Zero, kichkintoylarda mustaqil 
fikrlash, mustaqil izla-nish, mustaqil uddalash imkoniyatlari ishga 
tushsin, asta-sekin amaliy ko‘nikmalari vujudga kelsin. Ilk bolalikdan 
mustaqil fikrlashga farzandlarning ko‘nikishi kelajakda barkamol av-
lod g‘oyasi amaliy ifodasining kafolatidir. 
Mustaqillikdan oldingi mafkuraning ta’sirchan, tazyiqiy 
atributlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. SHu orada tarbiyaviy-ta’limiy 
jarayonda g‘oyaviy bo‘shliq vujudga keldi. SHuning uchun yangi 
atributlarni ishlab chiqish va ularning ta’sir doirasini aniqlash, ruhiy 
ko‘tarinkilikning davomiyligi muammosining echimiga javob topish 
ijobiy natijalar berishini ilmiy-amaliy jihatdan dalillash lozim. 
Bizningcha, milliy g‘oyaga mu-tanosib ba’zi bir atributlar quyidagi 
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: 1) madxiya ijrosi paytida bolalarni 
his-hayajonga to‘la ruhiy kechinmalari bilan saflantirish va 
to‘lqinlanishning tabiiy ifodasini tarbiyachilar namunaviy darajada 
namoyish qilish holati; 2) bayrog‘imiz oldida ularni ta’zim qilishga, uni 
yuziga surtishga o‘rgatish; 3) Vatan taqdiri to‘g‘risida axbo-rot efirga 
uzatilayotganda bolalar bilan mashg‘ulotni to‘xtatish va butun diqqat-
e’tiborni unga qaratish 4) milliy bayram-lar qadr-qiymatini ko‘taruvchi 
tarbiyaviy atributlarni amalda sinab ko‘rish: a) “Baxtli bolalik” ko‘krak 
nishoni, b) “Sog‘lom avlod” bayroqchasi, v) “YAshil himoyachi” 
bog‘ichi, g) “Istiqlol ramziy (bezakli) qalpog‘i”, d) milliy bayram 
kiyimlari va ularning xokisorlarcha namoyishi; 5) “Biz Vatan farzandi” 
tantanaviy mashg‘ulotlar: a) o‘yinlar, b) musiqalar, v) milliy urf-
odatlar, marosimlar, rasm-rusumlar, an’analar ijrosi; 
Ajdodlar xotirasini tik holda kutib olish va bolalarda ulardan 
fahrlanish hissini uyg‘otuvchi vaziyatni yuzaga kelti-rish; 7) “Jajji 
mehnatim – donishmand xalqimga” mavsumiy tadbirlar; 8) Namunaviy 
xulq va o‘zlashtirishning ma’naviy rag‘batlantirish atributlari 
(kartondan har xil shaklli va rangli ko‘rgazmali qurollar); 9) “Kelajak – 
bizniki” har xil mazmundagi musobaqalar; 10) kishilar bilan jonli, 
rasmiy uchrashuvlar; 11) Mustaqillik ne’matlari (muzey, me’morchilik 
va hokazo) bilan tanishtirish Vatan tuyg‘usini uyg‘otish mexa-nizmiga 


aylansin, o‘lmas izlar esa harakat, intilish regulyatori vazifasini 
bajarsin. 
2. Muomala va milliy o‘zligini anglash 
O‘zbekistan Respublikasining mustaqilligini mustah-kamlash 
uchun iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ma’naviy xususiyat-ga ega bo‘lgan 
muammolarni oqilona hal qilish, ularni ro‘yobga chiqarish uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratish ko‘p jihatdan ommaning faolligiga, 
tashabbuskorliga, ijodkorligiga va va-tanparvarlik tuyg‘usiga bog‘liq. 
YUksak insoniy his-tuyg‘ular fuqarolar xatti-harakatlarining, fe’l-
atvorlarining boshqaruvchisi vazifasini bajara boshlagan daqiqalardan 
e’-tiboran umumiy negizli ommaviy harakatlar, qarashlar, g‘oyalar, 
motivatsiyalar namoyoi bo‘ladi va har bir insonda shu umumiyat ishiga 
o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli vujudga keladi. 
Fuqarolarning yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo‘layotgan 
ijtimoiy hodisalarga, yakka voqelikka, shaxslararo va millatlararo 
muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy 
qadriyatlarga nisbatan munosabati ijtimoiy makro (katta) va mikro 
(kichik) 
muhitning 
harakatlantiruvchi 
kuchini 
o‘zida 
mujassamlashtiradi. 
Ommaning jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan mu-
nosabati ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor 
motivlarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda o‘z ifodasini 
topadi. Munosabatlap negizida eca inson ongidagi timsollar, tasvirlar, 
tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, iro-daviy xislatlar, xarakter 
sifatlari, yuksak hissiyot, aql-zakovat, shaxsning barqaror fazilatlari 
yotadi. Milliy mafkuraning mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi, 
qudratliligi mam-lakatimiz fuqarosining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, 
xulq-odobi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq. 
Insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga, voqelikka nisbatan 
munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol, yaxlit, 
maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining 
tizimiga asoslangan muvaqqat aloqalarining ham ob’ektiv (tabiiy), ham 
sub’ektiv (shaxslararo munosabatga oid) jabhalarining majmuasidan 
iboratligidadir. Fuqaroning mazkur munosabati bir necha xil 
ko‘rinishlarda, shakllarda na-moyon bo‘ladi: aqliy (ratsional: fikrlash, 
ijodiy izlanish, anglash, tushu-nish); emotsional (hissiyotga berilish, 
yuksak his-tuyg‘ular zami-rida); onglilik (ongostlilik, ongsizlik, o‘ta 
onglilik); ob’ektiv (tabiiy sharoitlar, irsiy belgilar, tug‘ma mayllar); 
sub’ektiv (hayot davomida shakllangan ichki shaxsiy fazi-latlar 


negizida); umumiy (xalq, omma, millat, elat, millatlararo birlik); 
xususiy (yakka shaxs tarzida) baholashga yo‘naltirilgan kabilar. 
Hodisa va voqeliklarning fuqaro, omma, xalq tomonidan 
baholanishi va berilgan bahoning oqilligi, haqchilligi yoki uning his-
tuyg‘ular, emotsional kechinmalar tazyiqi ostida amalga oshirilganligi 
kayfiyat, shijoat, asabiylashish (affekt), zo‘riqish, tanglik (stress) 
jarayonlarida yuzaga keladi. Ijti-moiy hodisalar bilan g‘oyalar 
o‘rtasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligi, mutanosibligi, mosligi 
yoki ularning bir-biriga nisbatan zidligi, qarama-qarshiligi, nizoli, 
mojaroli xusu-siyatga ega ekanligi ommaviy baholashning asosiy 
ko‘rsatkichi (mezoni) vazifasini o‘taydi. Mazkur baholashning zamirida 
har xil xususiyatli ovozalar, mish-mishlar, vas-vasalar, parokanda-liklar 
tug‘ilishi va keng ko‘lamda tarqalishi mumkin. 

Download 155.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling