12-mavzu. Qimmatli qog„ozlar bo„yicha operatsiyalar hisobi reja


Download 215.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi215.29 Kb.
#1556707
1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu

 
2
Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog„ozlar hisobi. 
Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida davlat xazina veksellari, davlat 
obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat korxonalari qimmatli 
qog‗ozlari, yevroobligatsiyalar, xususiy korxonalar qimmatli qog‗ozlari va boshqa 
qimmatli qog‗ozlar sotib olinishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan tijorat 
maqsadida sotib olingan qi
mmatli qog‗ozlar hisobini yuritish uchun hisobvaraqlar 


140 
rejasining ―Aktivlar‖ bo‗limida 10700 ―Oldi-sotdi qimmatli qog‗ozlari‖ asosiy 
hisobvarag‗i ajratilgan.
Bu hisobvaraq o‗z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi: 
10701
– Davlat xazina veksellari 
10705 
– Davlat obligatsiyalari 
10709 
– Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli 
qog‗ozlari 
10711 
– Korxonalarning qarz qimmatli qog‗ozlari 
10715 
– Yevroobligatsiyalar 
10719 
– Korxonalarning ulushli qimmatli qog‗ozlari 
10779 
– Boshqa qimmatli qog‗ozlar 
10791 
– Oldi-sotdi qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont
10793 
– Oldi-sotdi qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha mukofot. 
Ushbu hisobvaraqlarning debetida 
sotib olingan qimmatli qog‗ozlar qiymati, 
shuningdek, 
qayta 
tasniflangan 
va 
ushbu 
hisobvaraqqa 
investitsiyalar 
hisobvarag‗idan o‗tkazilgan qimmatli qog‗ozlar, hisobvaraqlarning kreditida 
sotilgan qimmatli qog‗ozlarning qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan qimmatli 
qog‗ozlar summasi aks ettiriladi. 
Tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‗ozlar bozor narxining xarid 
narxidan kamayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan zararni qoplash 
uchun ishlatiladigan mablag‗lar hisobi 10799 ―Qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdi 
hisobvaraqlari bo‗yicha ehtimoliy yo‗qotishlar zaxirasi‖ hisobvarag‗ida olib 
boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil qilingan zaxira summasi yoki uning 
ortishi, debetida zaxiraning bekor qilinishi yoki ishlatilishi aks ettiriladi. Analitik 
hisob qimmatli qog‗ozning turi, muddati va emitenti bo‗yicha alohida shaxsiy 
hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Ehtimoliy yo‗qotishlarni baholash 56806 ―Qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdi 
hisobvaraqlari» hisobvarag‗ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ehtimoliy 
yo‗qotishlarni baholash summasi yoki uning ortishi, kreditida baholash 
summasining kamayishi, noto
‗g‗ri hisoblangan baholashning qaytarilishi, 
shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‗iga 
olib boriladigan summa aks ettiriladi. 
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha tijorat operatsiyalaridan olingan daromad 
45600 
―Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda‖ hisobvarag‗ida hisobga olinadi. 
Hisobvaraqning kreditida olingan foyda summasi, debetida noto‗g‗ri olingan 
foydaning qaytarilishi hamda yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 
31206 hisobvarag‗iga olib boriladigan summa yoziladi. Qimmatli qog‗ozlar 
bo‗yicha tijorat operatsiyalaridan ko‗rilgan zarar 55600 ―Tijorat 
operatsiyalaridan ko‗rilgan zarar‖ hisobvarag‗ida olib boriladi. Hisobvaraqning 
debetida ko‗rilgan zarar summasi, kreditida noto‗g‗ri ko‗rilgan zararning 
qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 
hisobvarag‗iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. Bank tomonidan qimmatli 
qog‗oz xarid qilinganda quyidagi o‗tkazma beriladi: 
Debet 10700 
―Oldi-sotdi qimmatli qog‗ozlari‖ 


141 
Kredit 10101, 10301, 20200
Balans hisoboti tuzilayotgan sanaga qimmatli qog‗ozlarniig xarid narxini 
bozor narxiga solishtirish yo‗li bilan qayta baholash amalga oshiriladi. Agarda 
bozor narxi xarid narxidan past bo‗lsa, bankning xarajati hisobidan ehtimoliy 
yo‗qotishlar zaxirasi tashkil qilinadi:  
Debet 56806 
Qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari 
Kredit 10799 
Qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo‗yicha 
ehtimoliy yo‗qotishlar zaxirasi 
Agarda bozor narxi xarid narxidan yuqori bo‗lsa, tashkil qilingan zaxira 
yuqoridagi provodkaning teskarisi berilib bekor qilinadi. 

Download 215.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling