12 mavzu: Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnolognyalar. Reja: Fintex nima? Fintex kompaniyalari


Download 9.58 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi9.58 Kb.
#1620500
1   2   3
fintexprovayderlar paydo bo’ldi va bu xizmatlar mobil ilovalar platformalari orqali amalga qulay usulda oshirila boshlandi.
  • Moliyaviy texnologiyar – fintex ning mohiyatini ikkitagina so’z bilan ifodalash mumkin “o’zimboshqaraman”.
  • Masalan, startaplar tomonidan ishlab chiqilgan pul o’tkazish mexanizmini ko’rib chiqamiz.
  • Bunda foydalanuvchi o’z pullari bilan nimalar bo’layotganini ko’rib va kuzatib turadi, vositachi uchun komission to’lov to’lamaydi – ya’ni o’z moliyaviy vositalarini o’zi mustaqil ravishda boshqara oladi va bunga oldingidan ko’ra kam pul sarf qiladi.
  • Xuddi shuning uchun ham fintex juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan innovatsiyadir.
  • Hozirgi davrda chet elda ishlaydigan xodimlarning o’z vatanlariga pul jo’natishlari uchun mo’ljallangan World Remit va Remit lyservislari juda ommabop bo’lib ketgani tufayli ular mos ravishda $100 million $12,5 million investitsiyalar yig’a oldilar.
  • Moliyaviy inqiroz davrida banklar nafaqat ishonchni yo’qotdilar, balki kredti olish jarayonini ham ancha murakkablashtirib yubordilar.
  • Teng huquqli kreditlash deb nomlangan yangi moliyaviy texnologiyalar esa kredit olishni oson, shaffof, imkonli va tezkor qilishga muvaffaq bo’ldilar. Kredit olishning bunday usuli dezintermediatsiya printsipi (vositachilardan voz kechich)asosida ishlaydi.
  • Kredit oluvchi va kreditt beruvchi orasidagi moliyaviy kelishuvlar mahsus savdo maydonlarida amalga oshiriladi.
  • Bu yo’nalish bo’yicha eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan kompaniyalardan biri bo’lgan Lending Club IPO2014 da salkam $900 million yig’a olgan.
  • Fintex investitsion imkoniyatlarni kraudfonding mexanizmi yordamida ancha kengaytirshi mumkin.
  • Bular jumlasiga Kickstarter, Indiegogo, Crowdcube kompaniyalarini misol qilib keltira olamiz.
  • Moliyaviy masalalar bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Djon Chaplinning aytishicha, yaqin ikki yillarda fintex ishlanmalar bo’yicha eng ilg’or hududlarga Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlari kirishi kutilayapti.
  • Rivojlangan mamlakatlarda fintex ishlanmalar eng avvalo onlayn servislarni rivojlantirishga qaratilgan, rivojlanayotgan davlarlarda esa bunday startaplar mobil telefonlarning keng bozoriga yo’naltirilgan.
  • Telekommunikatsiyalar xalqaro ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, dunyo aholisining 95,5% qismi mobil telefonlardan foydalanadilar – bu ma’noda mobil servislarning internetdan ko’ra samaradorroqligi ma’lum bo’ladi.
  • M-Pesa deb nomlangan mobil pul o’tkazmalari servisi bank tashkilotlari yetishmasligi sharoitida Keniya va Bangladeshdagi iqtisodiy holatni o’zgartirishga ta’sir qildi.
  • Bangladeshda mikromoliyalashtirish (garovsiz kam miqdordagi kredit berish) tarmog’i yaxshi rivojlangani tufayli bKash servisi pullarni oluvchilarga tez va osongina o’tkazishga imkon beradi.
  • Fintexning Afrika qit’asidagi holati tahlil qilinganuda undagi 16 davlatda mobil pul hisob raqamlarining bank xisob raqamlaridan ko’ra ancha ko’pligi ma’lum bo’ldi.
  • Demak, rivojlangan mamlakatlardagi fintex-kompaniyalar nafaqat moliyaviy hizmatlar qulay bo’lishiga intiladilar, balki ular millionlab insonlar real iqtisodiyotning afzalliklaridan foydalanishlariga imkon beradigan yangi raqamli infratuzilmalar yaratadilar.
  • Shuning uchun ham IBM InterConnect 2015 anjumanida Citi kompaniyasining mijozlar bilan ishlash bo’yicha eksperti, raqamli marketing bo’yicha mutaxassis Xizer Koks “Insonlarga banklar emas, balki banking kerakligini unutmang”, - deb aytdi.
  • Кo’pchili banklar raqobatlashishni emas, balki hamkorlikni afzal ko’ra boshladilar. Banklarning rivojlanishida ikkita stsenariyni ko’rsatish mumkin:
  • Birinchi stsenariyda banklar o’z biznes modellarining ajoyibligiga ishongan xolda ishlay beradilar va yangi sharoitlarga moslasha olmay, raqobat kurashiga mag’lub boladilar.
  • Ikkinchi stsenriyda banklar yangi texnologiyalarning juda ham muhimligini anglaydilar va innovatsion texnologiyalarni o'z fao’iyatlarida qo’llab, yangi biznes-modellardan foydalana boshlaydilar.
  • Bu esa jahon miqyosida moliyaviy hizmatlarning osonlashishiga, arzonlashishiga va mijozlar uchun turlituman qulayliklar yaratilishiga olib keladi.

Download 9.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling