12-mavzu. Texnik tizimlarda internet texnologiyalari


Anonim (nomsiz) FTP server


Download 134.76 Kb.
bet2/15
Sana14.02.2023
Hajmi134.76 Kb.
#1196628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
lecture12w

Anonim (nomsiz) FTP server. Anonim FTP server tarmoq resurslarining ko’p tarqalgan ko’rinishlaridandir. Bunday serverlar ixtiyoriy foydalanuvchini xost kompyuteri, hatto u unda ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa ham kirishga ruxsat beradi. Bunda foydalanuvchi nomi sifatida anonymous so’zi va so’ngra ixtiyoriy parol kiritiladi. Ko’p hollarda foydalanuvchi paroli sifatida uning elektron pochta manzili kiritiladi. Anonim FTP serverlar Internet aloqalarida dastur mahsulotlari va boshqa ma’lumotlarni ayirboshlashda muhim rol o’ynaydi. Bunday serverlar dunyo bo’yicha joylashgan bo’lib, unda sizni amalda qiziqtirgan barcha dasturlar va fayllarni topishingiz mumkin. Bunda ularning aksariyati tekinga beriladi (dastur va ma’lumotlarning bepul turmasligini eslang). FTP serverlarda fayllarni, resurslarni aniqlash masalasi (albatta, siz uni manzilini avvaldan bilmasangiz) ancha murakkab. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan biri FTP serverlardagi fayllar nomlari turli amaliyot tizimlarda har xil belgilanishi, FTP serverlarda tashqaridan kirishi lozim bo’lgan fayllar ro’yxati mavjud emasligi va boshqalardir.
Dunyo bo’yicha domenlar ro’yxatini FTP va Gopher serverlar orqali olish mumkin. Ularning manzillari nic.merit.edu. Internet connecetivity (Internet hamjamiyati) fayllari esa nets.by.country, world.list.txt nomlariga ega. Shuning uchun FTP serverlarga katalog va fayllarda joylashgan ma’lumotlarni topish README (meni o’qi) yoki Index (ko’rsatkich) nomli fayllar orqali qaralsa, masala ancha oson ko’chadi. Chunki bu fayllarda FTP-server va undagi kataloglar haqida ma’lumotlar joylashgan bo’ladi. Shuning uchun vaqtni ko’p sarflamaslik maqsadida avvalo bu fayllarni (INDEX, README) yozib olib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanuvchida server haqida turli savollar tug’ilsa, unda o’z server administratoriga posmaster nomi bilan murojaat qilinadi. Masalan, markaziy ma’lumotlar tizimi joylashgan manzil vs.internic.net nomga posmaster@vs.inter/nic.net bilan elektron pochtaga murojaat qilinadi.

Download 134.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling