12 mavzu vazifa ijtimoiy sheriklik nazariyasi qachon shakllandi?


Konsensus mohiyatan keliShuvni bildiradi


Download 21.59 Kb.
bet4/5
Sana16.01.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1096258
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 mavzu Vazifa.

Konsensus mohiyatan keliShuvni bildiradi. Ijtimoiy sheriklik tarixini qisqacha ko‘rib o‘tish Shundan guvohlik beradiki, ungacha mavjud bo‘lgan barcha nazariya va mafkuralar faqat u yoki bu sinf, ijtimoiy guruh manfaatlarini ifodalagan.
Ijtimoiy sheriklikning juda muhim belgilaridan biri erkin fikr almashishning kafolatlanganligi, tomonlar o‘zining me’yoriy qadriyatli tizimlarini erkin taqdim qila olishi hisoblanadi. Uning muhim qirralaridan biri ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llari va usullarini birgalikda topish, bu muammolarni echishga keng jamoatchilikni jalb etish hamdir

  1. Ijtimoiy sheriklikning sub’ektlari kimlar bo‘lishi mumkin?

Ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridan biri bo‘lgan davlatning funksiyalari ana Shu sheriklikni rivojlantirish uchun huquqiy va iqtisodiy stimullarni yaratishdan iborat. O‘zbekistonda davlatning eng muhim funksiyalaridan biri jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar o‘rtasidagi muvozanatni va dialogni saqlab turishdir. Davlat tomonidan o‘tkazilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat aholining muayyan guruhlari haddan tashqari boyib ketishi, boshqa guruhlar esa qashshoqlashib ketishining oldini olib turadi. Bunday siyosatning maqbulligi Shundaki, juda boy va juda qashshoq guruhlar o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy tafovutlar kelib chiqadi. Bunday tafovutlarning kuchayishi esa, ziddiyatlarga, ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy taraqqiyot intensivlashayotgan va davlatlararo munosabatlar murakkablashib ketayotgan hozirgi davrda bag‘rikenglik guruhlar va davlatlararo munosabatlarni tartibga solishda, jamiyatda millatlararo, ijtimoiy guruhlararo, dinlararo tinch-totuvlikni ta’minlashda borgan sari ulkanroq ahamiyat kasb etmoqda.
Bag‘rikenglik ahamiyatining ortib borishi uning umuminsoniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi tufayli ham yuz bermoqda. Mazkur qadriyatlar asnosida bag‘rikenglik shaxslararo va guruhlararo munosabatlarning ko‘pchilik tomonidan eng maqbul, deb hisoblanadigan yo‘li sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun ham katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmi bo‘lgan ijtimoiy sheriklikning ijtimoiy hayotda qaror topishi ko‘p jihatdan bag‘rikenglikning ijtimoiy guruhlar faoliyati tamoyili sifatida qanday o‘rin egallaniga bog‘liq bo‘lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi inqilobiy yo‘l emas, ijtimoiy sheriklik mamlakatlarni farovon hayotga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Biz ana Shu sheriklik yo‘lini tanladik. Lekin bu G‘arb mamlakatlari tajribasini mexanik tarzda O‘zbekistonga ko‘chirishni anglatmaydi. Mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib islohotlar o‘tkazish Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va hozir dunyoda o‘zbek modeli nomi bilan mashhur bo‘lgan modelda o‘z ifodasini topgan.
Insoniyat tarixida buyuk rol o‘ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi O‘zbekistonda hayotga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtboshimiz tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi.
Ijtimoiy sheriklik nazariyasiga Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida aniqlik va yangiliklar kiritilishi bilan bir qatorda amaliy sohada ham mazkur nazariya rivojlantirildi. Bunday rivojlantirish ijtimoiy sheriklik sub’ektlari doirasini kengaytirish va ularning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish shaklida amalga oshirildi. Xolislik taqozosiga ko‘ra qayd etish lozimki, XX asr oxiri va XXI asr boshlarida ijtimoiy sheriklikka nisbatan “sektorlaro o‘zaro ta’sir” nazariyasi ham vujudga keldi. Bu nazariya tarafdorlari ijtimoiy sheriklikni mehnat munosabatlari doirasidan tashqariga olib chiqishdi. Unga ko‘ra ijtimoiy sheriklik sub’ektlari bo‘lgan davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes vakillari ijtimoiy masalalarni hal qilishda hamkorlik qilishlari lozim.




  1. Download 21.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling