12 mavzu. Yangi navlarni yaratish va ilmiy asoslashni loyihalash Darsning maqsadi


Download 27.65 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1486507
  1   2   3
Bog'liq
12- mavzu


12 mavzu. Yangi navlarni yaratish va ilmiy asoslashni loyihalash


Darsning maqsadi: meva va rezavor meva ekinlarining yangi navlarini yaratishning umumiy tizimi va uslubi bilan tanishish.
Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: darsliklar, jadvallar, seleksion jarayon sxemasi.
Asosiy tushunchalar: ekinning xalq xo‘jalik va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyatidan kelib chiqadigan ishlab chiqarish, biologic xususiyatlariga, navlarning yaxshi tomonlari va kamchiliklariga bog’lab ekilib kelinayotgan navlarga taqqoslash asosida yangi navlarga qo‘yiladigan talablar. Yangi navlarni yaratish uchun qo‘llaniladigan seleksiya tizimlari va uslublari. Meva va rezavor meva ekinlarining har bir tuproq-iqlim sharoitida tarqalganligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi ekin turi, biologik xususiyatlari va ahamiyatidan (xalq xo‘jalik, oziq-ovqat, qayta ishlash va h.k.) kelib chiqadi. Ana shu ma’lumotlar asosida va ekilib kelinayotgan navlarning ta’rifi, afzalliklari va kamchiliklariga asoslanib har bir ekinning yaratilajak yangi navlariga talablar qo'yiladi, shu talablarga asoslanib seleksiya oldiga maqsadlar qo‘yiladi.
Ekinlar seleksiyasi sxemasi va unda qo'llaniladigan uslublar har bir yo‘nalishda erishilgan yutuqlarga asoslanib belgilanadi.
0‘simliklar irsiyatini o‘zgartirish usullari (duragaylash, poliploidiya, mutatsiya, gen injineriyasi va h.k.) har bir ekinning biologic xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mutagenezdan foydalanilgan mutant avlodlarning xillanishi va constant belgi-xususiyatlarga erishilguncha foydalaniladigan klonlashtirish davomiyligiga e’tibor beriladi. Umuman bu xususiyatga ekinlar asosan vegetativ usulda ko‘paytirilishidan qat’i nazar katta e’tibor berish talab etiladi. Yangi navlar biologik, pomologik va boshqa belgilari bo‘yicha dastlabki, davlat va ishlab chiqarish nav sinash uchastkalarida olingan ma’lumotlarga asoslanib tanlanadi. Chatishtirishlarda esa har bir belgi-xususiyatlarning irsiylanishi, ayniqsa, ona sifatida olinadigan o’simliklarga katta e’tibor beriladi.
Duragaylash o’tkaziladigan joylardagi mahalliy navlarda qimmatli belgi-xususiyatlar mavjud bo‘lmagan hollarda (ayniqsa changlovchi navlarda), bunday o‘simliklar sifatida janubiy navlardan foydalaniladi. Ota-ona formalarini tanlashda shunga ahamiyat berish lozimki, har ikki forma bir xil yomon xususiyatlarga ega bo‘lmasin.
Umuman, chatishtirishlardan yaxshi natijalar olish uchun ota-ona formalarining belgi xususiyatlari to‘liq ko‘rsatilgan jadval tuzib olingani ma’qul. Jadvalda taxminan quyidagi ma’lumotlar keltiriladi (10-jadval).

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling