#12 Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi
#27???? #28.Mistaqillikning huquqiy asoslari.Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi
Download 21.84 Kb.
|
tarix davomi
#27????
#28.Mistaqillikning huquqiy asoslari.Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi“Mustaqillik Deklaratsiyasi“ qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991-yil 12-aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida komissiya aʼzolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekistondavlat mustaqilligining eʼlon qilinishi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiyaning masʼuliyatini yanada kuchaytirdi. Komissiya tomonidan Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiya rivojlanishining jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Аmir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda eʼlon qilindi. Muhokama 2 oyga yaqin davom etdi.Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta eʼlon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Birinchi Prezident I.А.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo‘lgan XII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha eʼtirof etilgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratik davlatlar, jumladan, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniya hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining tajribasidan foydalanildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabrkuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi va Konstitutsiya qabul qilingan sana umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi.Yangi ishlab chiqilgan mustaqil O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling