120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat reaksiyasi
134. 2-Furanakril kislota
Reaktivlar. 21 ml furfurol, 48 ml sirka angidrid, suvsizlantirilgan natriy atsetat, xlorid kislata (d-1,18) suvsizlantirilgan kaliy karbanat. 2- Furanakril kislotaning olinishi dolchin kislotaning olinishi (Perkin reaksiyasi) dagi bayon boʻyicha olib boriladi, lekin bunda bitta oʻzgarish kiritiladi, reaksion massa 150°Сda 10 soat davomida qizdiriladi. 2-furanakril kislota ajratib olish dolchin kislota ajratib olishga oʻxshaydi. 2-Furanakril kislota (β-2- furilakril kislota, 2-furalsirka kislota) - rangsiz qattiq modda, tashqi koʻrinishidan ignaga oʻxshaydi, spirtda, efirda, sirka kislotada, benzolda eriydi. Issiq suvda kam eriydi, sovuq suvda, uglerod sulfidda, ligroinda erimaydi. Suyuqlanish temperaturasi 141°С; qaynash temperaturasi 226°С. Molekulyar massasi 138. Sifat reaksiyasi. 2-Firanakril kislotadagi koʻsh bogʻni aniqlash (213- betga qaralsin). Suvsiz natriy atsetatning olinishitsi 213- betdan qarang. 135. Kumarin Reaktivlar. 12,5 g salitsil aldegid, 30 ml sirka angidrid, qizdirilgan kaliy karbonat, toluol, etil spirt. Qaytarma sovitgich, termometr va tomizgich voronka bilan jixozlangan 300 ml sigʻimli, uch ogʻizli tubi yumaloq kolbaga 12 g qizdirilgan kaliy karbonat va 12,5 g salitsil aldegid solinadi. Soʻngra tezda 30 ml sirka angidrid quyiladi. Kondensatlanish reaksiyasining shiddatli borish stadiyasi tugaganidan soʻng qaytarma sovitgich oqimi pastga qiya xolda oʻrnatilgan sovitgichga almashtiriladi. Reaksion aralashma moy xammomida 180-200°Сgacha qizdiriladi (termometr reaksion aralashmada) va shu temperaturada bir soat davomida ishlab turiladi. Bunda sirka angidridning ortiqcha qismi, sirka kislota va fenilatsetat (salitsil aldegid tarkibida qoʻshimcha modda sifatida boʻladigan fenolning atsillanish reaksiyasi natijasida fenilatsetat hosil boʻladi) haydaladi. Kolbadagi mahsulot 130-140°C gacha sovitiladi va soʻng besh barobar koʻp hajmdagi sovuq suvga quyiladi. Choʻkmaga tushgan kumarin ajratgich voronkada 50 ml toluol bilan ekstraksiyalanadi. Efirli qavat 2-3-marta suv bilan yuviladi va soʻngra toluol xaydalib boʻlgandan soʻng fenilatsetatli qoldiq suv bugʻi bilan xaydaladi (33- rasm). Haydash kolbasida qolgan qoldiq filtrlanadi, filtr qogʻozi orasida quritiladi va spirtdan (10 ml spirtga 10 g kumarin) kristallantiriladi. Uning miqdori 10 g. Kumarin (o-kumarin lakton) tashqi koʻrinishidan rombik kristall modda, spirtda, issik suv, efirlarda eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 70°С; qaynash temperaturasi 291°С, 148°С (7 mm sim. ust.) =0,935, molekulyar massasi 146,15. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling