1‑22‑ guruh talabasi rabbanaev elbekjonniNG


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1480217
Bog'liq
ELBEKJON RABBANAEV



1‑22‑ GURUH TALABASİ
RABBANAEV ELBEKJONNİNG 
MUSTAQİL TALİM MAVZULARİ
OY‑YERNİNG TABİİY YOLDOSHİ 
OY VA QUYOSH TUTULİSHİ.
 



Oy - Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida kattaligi bo‘yicha 5 
o‘rinda turadi. Yerdagi kuzatuvchi uchun Oyning ko‘rinadigan yulduz kattaligi —12,71m, ya’ni Oy, 
ravshanligi bo‘yicha Quyoshdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi osmon jismidir. Oyning yerni yoritish 
ko‘rsatkichi 0,25 - 1 lyuksni tashkil qiladi. Oy Yerdan tashqaridagi inson qadami yetgan yagona 
astronomik obyektdir. 
Oyda atmosfera deyarli yo‘q. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan tarafidagi yuza qismida, gazlar miqdori 
2,0·105 zarracha/m3 dan ortmaydi. Quyosh chiqib, sirtni qizdira boshlagach, Oy guruntining qizishi 
natijasida undan gazlarning ajralib chiqishi sodir bo‘ladi va zarrachalar miqdori biroz ko‘payadi. 
Atmosferaning mavjud emasligi, Oy sirtida keskin haroratlar farqiga sabab bo‘ladi va u kunduzi +120 ºC 
gacha isiydi. Kechasi esa ‒170 ºC gacha tushib ketadi. 
Oy sirti esa, fanda Regolit deb yuritiladigan jismlar – yupqa chang qatlami va meteorit zarbalari 
natijasida hosil bo‘ladigan tog‘ jinslari parchalarining aralashmalaridan iborat bo‘lgan moddadan iborat. 
Regolit qalinligi bir necha santimetrlarda, o‘nlab metrlargacha bo‘lishi mumkin. Oyning ichki tuzilishi esa, 
taxminan 68 - 107 km qalinlikdagi qobiq (yoki po‘stloq), tashqi va o‘rta mantiya, quyi mantiya 
(atenosfera), hamda, yadrodan iborat. 
Oyda magnit maydoni mavjud emas. 
Oydan turib Yerning ko‘rinishi, Yerdan Oyning ko‘rinishiga nisbatan, 13.5 marta kattaroq ko‘rinadi. 
Yerdan qaytgan nurlarning Oyni yoritish darajasi esa Oydan qaytgan nurlardan Yerning yoritilganligidan 
deyarli 50 marta kuchli bo‘lib, Yerning Oydan ko‘rinadigan Yulduz kattaligi ‒16m ni tashkil qiladi. Oy, 
Quyoshdan kelayotgan yorug‘likning atiga 7% ni qaytaradi (akslantiradi xolos). 
Atmosfera yo‘qligi sababli, hatto Quyosh gorizontdan balandda bo‘lgan ya’ni, Oydagi kunduz vaqtida 
ham, osmon qorong‘u bo‘ladi. Oy kunduzida ham yulduzlar va boshqa sayyoralarni kuzatish mumkin. 


1


2


3


4

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling