1-topshiriq. Xalq maqollaridan antonimlarga misollar to‘plang. Ularning har birini uslubiy tahlil qiling.
Maqolning ijtimoiy qiymatiga hayotdan misollar keltiring.
Masalan: Yaxshi oshini yeydi, yomon - boshini.
2-topshiriq. O‘qing, omonim so‘zlarning ma'nosini aniqlang.
Sham yanglig‘ yonadur boshimda o‘t,
Ko‘z yoshimdin yer yuzida undi o‘t,
Qon yoshim qildi yo‘lingni lolazor,
Muncha taqsir ayladim, qonimdan o‘t. (N.)
Kechti umr-u tushmadi ul yor ila,
Qo‘rqaram ko‘nglum bu g‘amdin yorila,
Bu vafosizlikki sendan ko‘rmisham,
E'tiqodim qolmadi hech yor ila. (Lutfiy)
Taqdiringni qo‘ling bilan yoz,
Mening bilan qishni qilgin yoz,
Erkinlikning osmonida uch,
Maqsad sari qanotingni yoz. (H. Nuriy)
3-topshiriq. O‘qing, sinonim so‘zlarni namunadagidek guruhlab ko‘chiring.
Namuna: o‘rtoq, jo‘ra, do‘st, oshna, yor, birodar.
Osmon, mashaqqat, ulug‘, ko‘k, yurak, qiyinchilik, buyuk, kun, shamol, yuz, nafis, falak, ,odam, qalb, chehra, quyosh, dil, azob, havo, katta, kishi, gardun, ulkan, ko‘ngil, inson, bino, yurt, qari, bet, nozik, ovqat, xalq, keksa, ma'suma, xo‘rak, jamoat, chol, orzu, taom, mo‘ysafid, osh, havas, oftob, to‘fon, tilak, imorat, kulba, uy, el.
4-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning ma'noviy guruhlari bo‘yicha sinonimlarini toping.
Kulmoq, gapirmoq, yemoq, ishlamoq, bajarmoq, bola, tinch.
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
1-topshiriq. “Universitet - bizning uyimiz” mavzusida matn yarating va unda sinonimlardan unumli foydalaning.
Nazorat savollari:
1. Ma'nodosh so‘zlarning badiiy matndagi o‘rni haqida ma'lumot bering.
2. Shakldosh so‘zlar badiiy matnda qanday maqsadda qo‘llaniladi?
3. Zid ma'nolilik haqida ma'lumot bering.
4. Oksyumoron hodisasiga misollar ayting.
5. Zid ma'noli so‘zlar asosan qaysi so‘z turkumlarida uchraydi.
6. Ma'nodosh so‘zlarga gradatsiya hosil qiling.
7. Paronimlarning leksik dubletlardan qanday farqi bor?
8. Gradatsiyaning turlarini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |