13- amaliy mashg'ulot


Download 8.99 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.99 Kb.
#1492735
Bog'liq
13- amaliy mashg\'ulot


13- amaliy mashg'ulot
Orqa miya nervlari - odamda orqa miyadan boshlanadigan nervlar. Orqa miya nervlarin. 31 juft: 8 juft boʻyin, 12 juft koʻkrak, 5 juft bel, 5 juft dumgʻaza va 1 juft dum nervi. Orqa miya nervlarin. gavda muskullariga, teriga tarqaladi. Orqa miya nervlarin. va ularda hosil boʻlgan boʻyin, yelka, bel, dumgʻaza va dum nerv tolalari, teri, ichki aʼzolar va butun gavda skelet muskullarini markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlaydi (innervatsiya). Orqa miya nervlarin. tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar boʻladi. Qoʻzgʻaluvchanlik aʼzolarda, muskullarda va terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) orqali sezgini qabul qilib markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi nervlar orqali ishchi aʼzolarga kerakli javob impulslarini yetkazadi. Taʼsirlarni oʻtkazish tezligi oʻrtacha 0,5– 120 m.ga teng, yoʻgʻon diametrli nervlarda tezroq boʻladi.
Orqa miyaning kulrang moddasi oldingi shoxidan harakatlantiruvchi tolalar, orqa shoxidan esa sezuvchi tolalar chiqadi. Sezuvchi tolalar umurtqalararo teshik oldida tugun hosil qilib, so'ngra oldingi (harakatlantiruvchi) tolalar bilan qo'shilib, orqa miyaning 31 juft aralash nervini hosil qiladi. Ular bo'yin qismida 8 juft, ko'krak qismida 12 juft, bel qismida 5 juft, dumg'aza qismida 5 juft va dum qismida 1 juft bo'ladi. Bundan tashqari, 8 juft bo'yin, 12 juft ko'krak va 1—2 juft bel nervlari tarkibida (harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalardan tashqari) orqa miya kulrang moddasining yonbosh shoxlaridan chiqqan simpatik tolalar ham bo'ladi. Dumg'aza nervlari tarkibida esa efferent parasimpatik tolalar mavjud.Har qaysi orqa miya nervlari umurtqalararo teshiklardan chiqib, ikkita (orqa va oldingi) shoxga bo'linadi.
Orqa miya nervlarining orqa shoxlari . Orqa miya nervlari asosiy nerv poyasidan ajralib, orqa miyaning orqa shoxlari nomi bilan gavdaning orqa tomonidagi muskullarga va teriga tarqaladi. Ammo ba’zi bir orqa shox nervlar o ‘ziga xos nom bilan ataladi. Jum ladan, birinchi bo‘yin nervining orqa shoxi ensa tagi nervi, ikkinchi bo‘yin nervining orqa shoxi katta ensa nervi nomi bilan tarqaladi.
BO'YIN CHIGALI
Bo'yin chigali I — IV bo'yin nervlarining oldingi shoxlaridan paydo bo'ladi. Bo'yin chigalini to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskul bekitib turadi. Bu chigaldan quyidagi nervlar chiqadi:
1. Katta quloq nervi — sezuvchi nerv. Quloq suprasiga va tashqi eshitish yo'li terisiga tarqaladi.
2. Kichik ensa nervi — sezuvchi nerv. Boshning ensa qismi terisiga tarqaladi.
3. Bo'yinning ko'ndalang nervi — sezuvchi nerv. Bo'yinning oldingi yonbosh qismi terisiga tarqaladi.
4. O'mrov ustidagi nervlar — sezuvchi nerv. O'mrov atrofidagi terilarga tarqaladi.
YELKA CHIGALI
Yelka chigali IV — VIII bo'yin nervlari bilan qisman birinchi ko'krak nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Chigal bo'yinning pastki chegarasida (o'mrov suyagining ustida), to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mus­kulning orqasida joylashgan. Chigaldan chiqqan uzun nervlar uchta (ichki, tashqi va orqa) poya hosil qilib, narvon muskullar oraliq yorig'idan qo'ltiq bo'shlig'iga o'tadi va qo'ltiq osti arteriyasini uch tomondan bog'lab turadi.
Download 8.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling