13- laboratoriya. Beton qorishmasini bikrligi va qotish jarayonidagi mustahkamligini aniqlash. Betonning nominal tarkibi
Download 44.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqLABORATORIYA №13
- Bu sahifa navigatsiya:
- BETON QORISHMASINING HARAKATLANUVCHANLIGINI ANIQLASH
13- Laboratoriya. Beton qorishmasini bikrligi va qotish jarayonidagi mustahkamligini aniqlash. Betonning nominal tarkibi Ishlab chiqarishda tayyorlanadigan beton tarkibiy qismlarining massasi bo‘yicha nisbatini hosil qilish uchun har bir materialning kg lar hisobidagi sarfi sement sarfiga taqsimlanadi: bo‘lganda S/S:Q/S:SH/S=2,1/2,1:6,6/2,1: 12,8/2,1=1:3,1:6 a) massa bo‘yicha S : K : SH = 1 : 3,1 : 6 S\S =0,88 S/S:Q/S:SH/S=0,89/0,89:2,82/0,89:5,48/0,89=1:3,1:6,1 b) hajm bo‘yicha S : K : SH = 1 : 3,1 : 6,1 S\S =0,88 BETON QORISHMASINING HARAKATLANUVCHANLIGINI ANIQLASH Umumiy tushuncha. Beton qorishmasining harakatlanuvchanligi deganda, beton qorishmaning betonlanadigan buyum qolipini yaxshi to‘ldirishi, og‘irlik kuchi yoki tashqi mexanik kuchlar ta’sirida qolipda zichlashish xususiyati tushuniladi. Asbob va uskunalar. Beton qorishmasidan namuna, kesik konus, beton qorishmani zichlash uchun diametri 16 mm, uzunligi 600-700 mm li po‘lat sterjen, 700 mm li po‘lat chizg‘ich. Ishlash tartibi. YOg‘och taxtani tekis qilib qoplangan po‘lat tunikaga yoki beton polga kesik konus o‘rnatiladi va uning ichki yuzasi suv bilan namlanadi. Ikki oyoq bilan bosib turilgan kesik konus asbobga bir xil balandlikda uch qatlam qilib sinash uchun olingan beton qorishma joylanadi. Har qaysi qatlam po‘lat sterjen bilan 25 marta zichlanadi. Keyin kesik konus ustidagi ortiqcha qorishma uning qirralari bo‘ylab sidirib tashlanadi va yuzasi kurakcha bilan tekislanadi. Qolipni bandidan ushlab tik holatda ko‘tariladi va u kesik konus shaklini olgan beton qorishma yoniga o‘rnatiladi. Kesik konus beton qorishmadan chiqazib olingandan keyin u cho‘kishi yoki yoyilishi mumkin.
Beton qorishmani qolip balandligiga nisbatan qancha mm cho‘kkanligini bilish uchun qolipni ustki qirrasiga chizg‘ich qo‘yiladi va uning harakatlanuvchanligi aniqladi. Har qaysi beton qorishmasining quyuqlik darajasi ikki marta yuqoridagi usul bilan aniqlanadi. Olingan natijalar farqi 2 sm dan kam bo‘lsa u holda o‘rta arifmetik qiymat xulosa qilib olinadi va 2-jadvalga yoziladi. Beton qorishmaning harakatlanuvchanlik va bikrlik ko‘rsatmalari.
Download 44.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling