Teshiklarni zenkerlash
1. Teshikni chizmada ko’rsatilgan o’lchamgacha zenkerlash.
|
1.Jadvalga binoan tanlanadigai zenkerlash qo’yimini hisobga olib, parma bilan teshik parmalashdan oldin kerakli diametrdagi (quyida berilganlardan) parma tanlanadi. Parma diametri – 16-55, 56-65, 66-76 mm.
Zenkerlash uchun qo’yim - 2,5, 3,0, 3,5 mm.
Parma diametri - 5- 24, 25 -35, 36-45 mm.
Zenkerlash uchun qo’yim - 1,0, 1,5, 2,0 mm.
Stanok to’xtatiladi va zagotovka stanok stolidan olinmay, parma tegishli tsilindrik zenker bilan almashtiriladi. Stanok zenkerlash uchun parmalash rejimlariga asosan sozlanib, ishga tushiriladi va zenker mexanik usulda surilib, parron teshik zenkerlanadi
|
Teshiklarni qo’l razvyortkalar bilan yo’nib kengaytirish
|
1.Teshiklarni razvyortkalar bilan yo’nib kengaytirish (a).
Eslatma. Silliq tsilindrik teshiklar to’g’ri ariqchali razvyortkalar bilan, shponka ariqchasi bo’lgan teshiklar burama ariqchali razvyortkalar vositasida, konus shtiftlar uchun belgilangan teshiklar esa, tegishli darajada konus razvyortkalar bilan ishlanadi.
|
1.CHizmaga muvofiq yo’nib kengaytirish uchun qo’yim qoldirilib, (b) rasmda berilgan ma’lumotlar hisobga olingan holda teshik parmalanadi: teshik diametri 3-6, 6-18, 18-30, 30-50 mm; yo’nib kengaytirish uchun qo’yim - 0,2. 0,3, 0,4, 0,5 mm. Tegishli razvyortka tanlanadi: silliq tsilindrik teshiklarni yo’nib kengaytirishda - to’g’ri ariqchali razvyortkalar; shponka uchun yoki shlitsli o’yiqlari bo’lgan teshiklar uchun spiralsimon ariqchali razvyortkalar; konussimon shtiftbop teshiklar uchun - tegishli konuslikdagi konussimon razvyortkalar olinadi.
Razvyortkaning tishlari sinib, uvalanib tushmaganligi va kesuvchi qirralarida o’yilgan joylari yo’qligi tekshiriladi. CHala mahsulot stanokdan olinib, chilangarlik girasida mahkamlanadi. Kerakli o’lchamdagi xomaki yo’nuvchi razvyortka olinib, uning kesuvchi qismi mashina moyi bilan moylanadi. Razvyortka teshikka tikka qo’yilib, uning xolati 900 li burchaklik bilan tekshiriladi.
Teshik o’qi ishlov beriladigan zagotovka yuzasiga perpendikulyar holatda ekanligiga ishonch hosil qilinib, razvyortkaning orqa uchi kvadratiga parmadasta - vorotok o’rnatiladi (v). Razvyortkaning qiyshayishi parmadasta-ning yoniga og’ishi yoki uning bir tekis bosilmaganligi yoxud razvyortka uchun katta qo’yim qoldirilganligi oqibatida sodir bo’ladi. O’ng qo’l bilan razvyortkaga uning o’qi bo’ylab bir oz bosim ko’rsatiladi, chap qo’l bilan parmadasta soat mili yunalishida sekin va ravon xarakterlanadi (v). Razvyortka teshikka kesib kirganidan keyin parmadasta tutqichlarining uchidan ushlab va bosib turib, razvyortka aylantiriladi (g): razvyortkani faqat bir tomonga aylantirish kerak; agar u teskari aylantirilsa, tishlari octiga qirindi tushib, tiqilib qoladi va teshik devorlarini buzib yuboradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |