13- ma'ruza: Sinxron raqamli ierarxiyali (sdh) optik aloqa tizimlari


SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad


Download 322.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi322.76 Kb.
#1154506
1   2   3   4
Bog'liq
zs3Sl0qfIsE5lMDstqnWp7Wy7hvBDlY6sDbqG6uo

SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad:
1. Kirish oqimlarini yig'masdan va ajratmasdan kiritish va
chiqarish (masalan, E1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, 
shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari
oqimlar turli sinxronizatsiyalash chastotasiga ega);
2. Har qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini
marshrutlarini amalga oshirish uchun freymlarning yangi
tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq
manzili va marshruti aniqlangan bo'lishi lozim);
3. PDH ning 3 ta ierarxiyasini birlashtirish va PDH chegarasida
davom ettirish
4. Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” 
texnologiyasini qo'llash.
5. SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng
(barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi).


SDH da liniya signallari besh bosqichga ega sinxron raqamli
multipleksorlarda (STM) – (Synchronous Digital Multiplexer) shakllanadi.
Birinchi bosqich – STM-1 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish
tezligi 155 Mbit/s). bunday tezlik 2 Mbit/s tezlikdagi 63 ta raqamli signallar
oqimini uzatishni ta'minlaydi. 
Ikkinchi bosqich – STM-4 (sinxron raqamli opik liniya traktida uzatish
tezligi 622 Mbit/s). Bunday tezlik 4 ta STM-1 transport modullarini 155 
Mbit/s tezlikda uzatishni ta'minlaydi. 
Uchinchi bosqich – STM-16 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish
tezligi 2488 Mbit/s). Bu 4 ta 622 Mbit/s tezlikdagi STM-4 transport 
modullarini birlashmasidir. 
To'rtinchi bosqich – STM-64 (sinxron raqamli optik liniya traktidagi
uzatish tezligi 9952 Mbit/s). 4 ta STM-16 transport modullarining
birlashmasi. 
Beshinchi bosqich – STM-256 (sinxron raqamli optik liniya traktda
uzatish tezligi 39808 Mbit/s). 4 ta STM-64 transport modullarining
birlashmasi.

Download 322.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling