13- ma'ruza: Sinxron raqamli ierarxiyali (sdh) optik aloqa tizimlari
SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad
Download 322.76 Kb. Pdf ko'rish
|
zs3Sl0qfIsE5lMDstqnWp7Wy7hvBDlY6sDbqG6uo
SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad:
1. Kirish oqimlarini yig'masdan va ajratmasdan kiritish va chiqarish (masalan, E1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari oqimlar turli sinxronizatsiyalash chastotasiga ega); 2. Har qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini marshrutlarini amalga oshirish uchun freymlarning yangi tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq manzili va marshruti aniqlangan bo'lishi lozim); 3. PDH ning 3 ta ierarxiyasini birlashtirish va PDH chegarasida davom ettirish 4. Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” texnologiyasini qo'llash. 5. SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng (barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi). SDH da liniya signallari besh bosqichga ega sinxron raqamli multipleksorlarda (STM) – (Synchronous Digital Multiplexer) shakllanadi. Birinchi bosqich – STM-1 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 155 Mbit/s). bunday tezlik 2 Mbit/s tezlikdagi 63 ta raqamli signallar oqimini uzatishni ta'minlaydi. Ikkinchi bosqich – STM-4 (sinxron raqamli opik liniya traktida uzatish tezligi 622 Mbit/s). Bunday tezlik 4 ta STM-1 transport modullarini 155 Mbit/s tezlikda uzatishni ta'minlaydi. Uchinchi bosqich – STM-16 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 2488 Mbit/s). Bu 4 ta 622 Mbit/s tezlikdagi STM-4 transport modullarini birlashmasidir. To'rtinchi bosqich – STM-64 (sinxron raqamli optik liniya traktidagi uzatish tezligi 9952 Mbit/s). 4 ta STM-16 transport modullarining birlashmasi. Beshinchi bosqich – STM-256 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 39808 Mbit/s). 4 ta STM-64 transport modullarining birlashmasi. Download 322.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling