13- mavzu: milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning asosiy uslubi, asosi va markaziy bo`limi


Download 63.45 Kb.
bet2/11
Sana09.04.2023
Hajmi63.45 Kb.
#1347158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-мавзу

13.2. Asosiy hisoblamalar tizimi
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo`jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo`lishi mumkin.
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo`lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo`ladi, masalan, iste`mol, jamg’arish, eksport va h.k. ba`zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo`lmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi ixtiyoriy ravishdagi o`zaro bog’lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong’in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o`zgarishini aks ettirishi mumkin.
Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har xil tomonlarini aks ettiruvchi har xil analitik jamlovchi ko`rsatkichlar ham bo`lishi mumkin. Bu ko`rsatkichlarning ko`pchiligi, masalan, qo`shilgan qiymat, jamg’arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. YUqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar: masalan, YAIM, milliy daromad, milliy boylik kabi ko`rsatkichlar agregat ko`rsatkichlar bo`lib hisoblanadi.
Tuzilishi bo`yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o`xshaydi. Ular T-formasiga ega bo`lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizmatlarni har xil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste`mol, jamg’arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo`lmaydi. Ammo agar moddalar to`g’ri aniqlansa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balanslashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo`l qo`yilgan bo`ladi.
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo`ladi: resurslar va resurslardan foydalanish (bunda «buxgalteriya hisobidagi debet va kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig’indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig’indisiga teng bo`lishi shart.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:

Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • joriy hisoblamalar;

  • jamg’arish hisoblamalar;

  • aktivlar va passivlar balanslari.

Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish hisoblamasi;

  • daromadlarni hosil bo`lishi;

  • daromadlarni birlamchi taqsimlash;

  • daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;

  • ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;

  • daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;

  • tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.

Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;

  • moliyaviy hisoblama;

  • aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;

a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi:

  • davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;

  • davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.

Endi har bir joriy hisoblamalarni ko`rib chiqamiz:

Download 63.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling