13-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Temirbeton konstruksiyalarni saqlash. Amaliy mashg’ulotning nazariy qismi


Temir-beton konstruksiyalarning turli ta’sirlardan saqlash


Download 21.35 Kb.
bet3/4
Sana21.03.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1285376
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy VIII s

Temir-beton konstruksiyalarning turli ta’sirlardan saqlash:
Temir-betonning zanglashi armatura va betonning zanglashiga bog‘liq. Zanglash suyuq va gazsimon yemiruvchi moddalar ta’sirida, shuningdek, beton ichiga g‘ovaklar va darzlar orqali kirgan filtrlovchi suv ta’sirida kuchayishi mumkin. Armatura zanglaganda uning hajmi dastlabki hajmiga nisbatan ko‘payadi, bu esa beton qismlarining sinib tushishiga olib keladi. Beton zanglanganda ssement tosh ajralib chiqadi (kalsiy gidrat oksidi sirtga chiqadi) va boshqa yemirilishlar sodir bo‘ladi.
Konstruksiyaning zanglashiga qarshi ko’rashish uchun zich betonlardan, sulfatbardosh betonlardan, polimerbetonlardan foydalaniladi. Ular bo‘yaladi, ustiga biror narsa yopishtiriladi. Konstruksiyalar maxsus izolyasiya materiallari bilan suvaladi yoki qonlanadi.
Uning yuqori haroratlarga qarshilik ko‘rsatishi qizdirish haroratiga va uning ta’sir etish davomiyligiga bog‘liq. Konstruksiyaga yuqori haroratlarning qisqa muddatli ta’siri, masalan, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladi.
Temir-beton elementning olovbardoshligi olovbardoshlik chegarasi (soat hisobida) bilan baholanadi, shunday vaqt o‘tishi bilan yong‘in vaqtida elementning yuk ko‘tarish qobiliyati yo‘qola boshlaydi, darzlar hosil bo‘lib, bu darzlar orqali olov qo‘shni xonalarga o‘tadi, yoki olovga teskari tomoni 150°S gacha qiziydi. Temir-beton elementlarning olovbardoshlik chegarasi kesimning o‘lchamlariga, elementning konstruktiv sxemalariga, armatura turiga, armaturalash usuliga va ayniqsa himoya qatlamining qalinligiga bog‘liq.
Temir-beton o‘tga chidamli materiallarga kiradi, yong‘in vaqtida yuqori haroratlarga chidaydi - bir necha soat davomida mustahkamligini yo‘qotmasdan bardosh beradi. Uzoq vaqt yuqori haroratlar ta’sir etadigan inshootlarda (domna pechlarining poydevorlari, dudburonlar, mo‘rilar va h.k) temir-beton konstruksiyalarga issiqbardoshlik talabi qo‘yiladi. Bu holda konstruksiyalar maxsus izolyatsiyalanadi (futerovka qilinadi) yoki ular issiqbardosh betondan tayyorlanadi, bu eng tejamli va ishonchli yo‘ldir.
Armatura va betonning birga ishlashini ta’minlash, armaturani zanglashdan saqlash va yuqori haroratlardan himoya qilish uchun betonda himoya qatlami hosil qilish ko‘zda tutiladi. Qalinligi 100 mm gacha. bo‘lgan plita va devorlarda (ular og‘ir betondan tayyorlanganda) himoya qatlamining qalinligi kamida 10 mm bo‘lishi kerak, qalinligi 100 mm dan ortiq plitalar va devorlarda, shuningdek, balandligi 250 mm gacha bo‘lgan to‘sinlar va qovurg‘alarda kamida 15 mm, balandligi 250 mm gacha va undan ortiq bo‘lgan to‘sin va qovurg‘alarda, shuningdek, ustunlarda kamida 20 mm bo‘lishi kerak; to‘sin va ustunlarning xomutlari va ko’ndalang sterjenlarida kesim elementlari balandligi h- 250 mm gacha bo‘lganida kamida 10 mm, h - 250 mm va undan ortiq bo‘lganida kamida 15 mm; plitalarning taqsimlash armaturalari uchun kamida10 mm bo‘lishi kerak.


  1. Download 21.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling