13-dars. Matn: Hammasi yaxshi bo‘ladi! Mavzu: Nutq uslublari. So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari Reja


Download 21.24 Kb.
bet2/3
Sana21.12.2021
Hajmi21.24 Kb.
#182053
1   2   3
Bog'liq
практическое обучение 13

Savollar ustida ishlash

Baxt nima?

Baxtsizlik-chi?

Boylik baxt bera oladimi?

Mukammal inson hayotida kasbning o‘rni qanday deb o‘ylaysiz?

Hammasi yaxshi bo‘lishi uchun nimalarga e’tiborli bo‘lish zarur?



Topshiriq. “Mantiqiy fikrlash” mavzusida ESSE yozing.

SO‘ZLASHUV USLUBI VA UNING XUSUSIYATLARI
Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz. Gazeta-jurnallarda e’lon qilinayotgan xabarlarni o‘qiysiz. Badiiy asarlarni mutoala qilib, tilimizning badiiy-estetik quvvatidan bahramand bo‘lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o‘zbek tilida o‘qiysiz, shu bilan birgalikda ko‘cha-ko‘yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga kirishasiz.

Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e’tibor bilan qarasangiz, ularning hammasi garchi o‘zbek tilining bevosita voqealanishi bo‘lsa ham, lekin ma’lum jihatlari bilan bir-biridan farqlanishining guvohi bo‘lasiz.

Demak, adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan bir necha ko‘rinishlari mavjud. Ana shunday ko‘rinishlari nutq uslublari hisoblanadi.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan ko‘rinishi nutq uslublari deyiladi.

O‘zbek tilining nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga esa o‘zbek tili uslubiyati deyiladi.

O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o‘rganish bizga bu til haqida to‘la axborotni bera olmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so‘zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so‘zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo‘shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo‘llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo‘llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz.

O‘zbek adabiy tili quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi: 1) so‘zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) ilmiy uslub. Bulardan so‘zlashuv uslubi og‘zaki nutqqa xos bo‘lsa, qolgan uslublar esa ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi esa og‘zaki nutqqa xosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) ko‘rinishi borligini bilasiz.

Tilimizda barcha uslublarda teng qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so‘zlar ham mavjud. Shuning uchun so‘zlar ana shu belgiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) uslubiy betaraf so‘zlar (masalan, so‘zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so‘zlar (mazkur, binobarin, dudoq, irin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar).




Download 21.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling