13-dars. Matn: Hammasi yaxshi bo‘ladi! Mavzu: Nutq uslublari. So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari Reja


Download 21.24 Kb.
bet3/3
Sana21.12.2021
Hajmi21.24 Kb.
#182053
1   2   3
Bog'liq
практическое обучение 13

Savol va topshiriqlar :

1. Nutq uslublari nima va ular tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?

2. Nutqning qanday uslublari bor?

3. Uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan so‘zlarga misollar keltiring.

4. Nutq uslublarini bilishda bilimning qanday ahamiyati bor?

1-Topshiriq.. Berilgan matnning qaysi uslubga xosligini aniqlang va uning o‘ziga xos belgilarini aytib bering.

Tildagi har bir so‘z o‘z o‘rnida qo‘llangandagina nutqimiz ko‘rkam, jozibador bo‘ladi.

Masalan, professor, dotsent, prorektor, rektor, direktor kabi so‘zlar rasmiy uslub uchun xos me’yor sanaladi, biroq qolgan uslublarda ularni aynan ishlatib bo‘lmaydi. Ishxonada «Professor E. Begmatov, sizni talabalar kutishyapti» deyish mumkin, lekin uyda unga o‘zining farzandlari «dada» deyishning o‘rniga «professor» deb murojaat qila olishmaydi — me’yor buziladi

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisasidan maqsad, sharoit va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyati bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslub va uning turi, til vositasining qo‘llanish xususiyati, fonеtik, lug‘aviy, frazеologik va grammatik birlikning uslubiy imkoniyati o‘rganiladi.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.

O‘zbеk adabiy tilida 5 ta asosiy nutq uslubi bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy usulb, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub. Ayrim darslikda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslub kitobiy uslub dеgan umumiy nom ostida bеriladi

Barcha uslubda chеklanmagan tarzda ishlatiladigan so‘z va qo‘shimcha uslubiy bеtaraf dеyiladi: suv, tog‘, bola, xat.

So‘zlashuv uslubi. Kеng qo‘llanadigan uslubdan biri – so‘zlashuv uslubi. Bu uslubda, odatda, adabiy til mе’yoriga rioya qilinmaydi. So‘zlashuv uslubidagi gap asosan dialogik shaklda bo‘ladi. Bunda turli uslubiy bo‘yoqli so‘z, grammatik vosita qo‘llanadi. Shuningdеk, tovush tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqoool!

So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘z tartibi ancha erkin. Ko‘proq sodda gap, to‘liqsiz gap, undalmali gapdan foydalaniladi. Jargon, argo, vulgar, varvar so‘z ham ishlatiladi. Ayniqsa, bu nutq madaniyati yuqori bo‘lmagan kishida uchraydi.

Kundalik hayotda uyda, ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so‘zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi.

Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so‘zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, kinoteatr chirtaxonasidan chirta olish uchun so‘raysiz:

Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chirta bering deb o‘tirmaysiz).

So‘zlashuv uslubining o‘zi ikki turga bo‘linadi:

1) adabiy so‘zlashuv uslubi; 2) oddiy so‘zlashuv us­lubi.

Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo‘ysungan, tartibga solingan so‘zlashuv uslubiga adabiy so‘zlashuv uslubi deyiladi.

Adabiy tilning og‘zaki shakli adabiy so‘zlashuv uslubi orqali amal qiladi.Radioeshittirishlari, televideniye ko‘rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi.

Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi.

Oddiy so‘zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi.



Oddiy so‘zlashuv uslubida gap bo‘laklarining tartibi ham ancha erkin bo‘ladi. Ba’zan shevaga xos so‘zlar, qo‘pol, dag‘al so‘zlar ham kuzatiladi, lekin bularni qo‘llash so‘zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun siz oddiy so‘zlashuv nutqingizda ham o‘zingizning yuksak madaniyatingizni namoyish eting.

Topshiriq. Xalq donoligi namunalaridan so‘zlashuv uslubiga xoslariga misol keltiring.
Download 21.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling