13-Ma’ruza: Masofaviy ta’limni tashkil etish asoslari. Reja


Download 45 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi45 Kb.
#1108324
  1   2   3
Bog'liq
13-Ma’ruza (1)


13-Ma’ruza: Masofaviy ta’limni tashkil etish asoslari.
REJA:

  1. Masofali ta’limning ahamiyati

  2. Masofadan o’qitish texnologiyasi

  3. Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli

  4. Ommaviy ochiq onlayn kurslar



Kalit so’zlar: Internet global kompyuter tarmog‘i, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, masofaviy o‘qitish, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim xususiyatlari, MOOC.


MASOFALI TA’LIMNING AHAMIYATI
Yigirmanchi asrning oxirlarida ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlarini ochilishiga sabab bo‘ldi. Birinchidan, o‘quv muassasalari texnik ta’minotining keskin o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli – masofaviy o‘qitish yaratilishiga omil bo‘ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling