13-Ma’ruza: Mavzu: Qoraqalpoqlar madaniyati Reja
Download 19.46 Kb.
|
1 2
Bog'liq13-Ma’ruza Mavzu Qoraqalpoqlar madaniyati Reja
13-Ma’ruza: Mavzu: Qoraqalpoqlar madaniyati Reja: Qoraqalpoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qoraqalpoq xalqining madaniyati. Qoraqalpoq xalqining madaniyati. CHimboy, Qo’ng’irot, Xo’jayli shaxarlarida qoraqalpoq xunarmandlari ko’pchilikni tashkil qilgan. Masalan, temirchi, duradgor, kigizbosuvchilar, zargarlar, bo’yoqchi, kulolchi, to’qimachikabilar. Ustaxonada 3-4 odamishlagan. SHogirdlar 12-13 yoshdan qabul qilingan. Orol dengizi bo’yi Terbenbes ovulida Arzimbet zargarning ishlari tarixi yasarlard ata’kidlanadi. U qoraqalpoq ayollarining sevimli bezagi savkalani moxirona ishlagan. Sirg’a, bilaguzuk, uzuk, xaykal, o’ngirmunchoq, zebigardon tumorchalar ham yasagan. Ayniqsa, qoraqalpoq yigitlari qiyadigan cho’girmalarini tikish yuksak maxorat talab etgan. Yana bo’rk tikib kiyishgan. Uni qoraqalpoqlar quroch de batashadi. Ayollar, qizlar kiyimlari orasida ham asrlar osha qadri tushmay kelayotganlari bor. Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qo’ng’irot, Qipchoq kabi shaxarlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bo’lgan. Mazkur shaxarlarning eng yirigi Qo’ng’irot bo’lib, u Orolliklar markazi bo’lgan. Xo’jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaxarda joylashgan. Yana Mang’it, CHimboy, Jangaqal’a, Oydo’sqal’a, Ernazarqal’a, Ko’ko’zak, Eshonqal’a shaxarlari qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan madaniy va me’morchilik yodgorligi markazlari xisoblanadi. Qoraqalpoq yoshlari Buxoro va Xiva shaxarlarida o’qiganlar. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum Eshon, Qalilaoxun, Egambergan oxun, Oybiteshon, Eshonqal’a va boshqa mavzelarda madrasalar bo’lgan. Qoraqalpoqlar o’z to’y-ma’rakalarini qo’shiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy xangomalarsiz o’tkazmaydilar. Ularning xalq og’zaki ijodi judaboy. Qoraqalpoq folьklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular o’z so’z ustalari bo’lgan chechanlarni, jirov-baxshilarini qattiq sevdi. El oqsoqollari, raxbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O’zbeklarning afandisi bo’lsa, ularning O’mirbek laqqasi bor. Qoraqalpoqlarning qaxramonlik dostonlari qadimdan ma’lum. Ulardan “Qirqqiz”, “Alpomish”, “Ko’blan”, “Mastpodsho” dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el yo’lboshchilari, kaxramonlari Mamanbotir, Esangeldimaxram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar ulug’lanadi. Qozoq ma’rifatparvar olimi CHo’qon Valixonovaning “Qoraqalpoqlar saxrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilar, shundan keyin qirg’izlar ham turkmanlar”, degan so’zlari bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq xalqi og’zaki ijodi janr jixatidan lirik va epik asarlarga bo’linadi. Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aksettirgan “Qirqqiz” dostoni aloxida o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qaxramonlik eposidir. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Asarning bosh qaxramoni Guloyim o’zining qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shoxi Nodirshox hamda qalmoqxoni Surtoysha xujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir qatorda jang qilgan Oltinoy, O’tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar tisolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik xisloatlari o’z ifodasini topgan. Qoraqalpoq yozma adabiyoti. XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana boshladi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmida qorqoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarki, ularning nomlari bugungi kunda xam ardoqlanadi. Ulardan biri Jien Jirov (1730-1784) edi. U mashxur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda she’rlar xam bitdi. “Xayr endi, do’stlar”, “Yuragimda ko’p dog’im”, kabi she’rlarida jamiyatdagi noxaqliklardan noliydi. Jien Jirav xajviy asarning xam ustasi edi. U “Xoy xonimiz,xonimiz” kabi xajviy she’rlarini yaratgan. Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar xar yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( CHirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy soxillariga) ko’chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko’chishlarning guvoxi bo’lgan Jien Jirov o’zining “ Darbadar el” nomli dostonini yaratgan edi. Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibroxim o’g’li (1799-1830 yy) edi. Uning butun umri muxtojlikda o’tgan. SHoirning “O’roqchilar”, “Oq qamish”, “CHo’ponlar” kabi she’rlari diqqatga sazovordir. Ajiniyoz Kasibay o’g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida ilm olgan. SHoirning “ Bo’zatov” dostonida qorqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi, katta maxorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ustun turadi. SHoir Ajiniyozni butun O’rta Osiyoda tanitgan asari “Qiz Mengash bilan aytishuv” asari edi. Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan mashxurdir. Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo’lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do’mbira chertib she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning she’rlarida xalqning xayotida aks ettirilgan. Berdaq tarixiy mavzularida xam qalam tebratgan. Uning “Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydosbiy”, “Ernazarbiy” kabi asarlarida xalq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling