13-Ma’ruza. Mavzu
Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi
Download 57.5 Kb.
|
Maruza №13 Temperament
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament.
Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi. Nerv sistemasining umuirdy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta'limotini eslash maqsadga muvofiqdir, chunonchi irsiyat yo’li bilan shartlangan tip-bu genotip demakdir. Hozirgi davrda nerv sistemasining uroumiy tipi (genotip) irsiyatga bog’liq ekanligi haqidagi malumotlar, juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy jihatdan hayvonlami o’rganish natijasida topilgandir.
Morfologik nazariyaga amerikalik psixolog U.Sheldonining(1898-1974) ha kontseptsiyasini kiritish mumkin bo`lib, unga asosan temperament uch somatik konstitutsiyaga ega. Endomorf, mezamorf va ektomorf. Endomorf – yumshoqlik, dumaloq tana tuzilishi, sust rivojlangan suyak va muskul tizimi, sevgi va komfortga intiluvchanlik, his-tuyg`uga beriluvchanlik, sekin harakatlanish xosdir. U vistserotonik temperamentdir. Mezomorf - qat’iylik, beshafqatlik, qat’iy xatti-harakatlr, suyak, muskul tizimining yaxshi rivojlanganligi, kuchlilik, atletik tana tuzilishi, sevgi ishtiyoqlariga qiziqish, tavakkalchilik, faollik, qo`rqmaslik va agressivlik xosdir. Bu somototonik temperamentidir. Ektomorf – noziklik, muskulning namoyon bo`lmasligi, kam kirishimlilik, odamovilik, yolg`izlikka intilish, yuqori reaktivlik xosdir. Bu tserobrotonik temperamentidir. Temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament. I.P.Pavlovning ta’rificha: “Temperament har bir odamning ham, har bir ayrim hayvonning umumiy xarakteristikasidir, nerv sistemasining har bir individ butun faoliyatga muayyan qiyofa beruvchi asosiy xarakteristikasidir”. I.P.Pavlovning nerv sistemasi turlari to`g`risidagi ta’limoti yoki shuning o`zi kabi oliy nerv faoliyatining turlari-temperamentlari tabiiy-ilmiy o`rganish tarixida chinakamiga keskin o`zgarish yasadi. Bu ta’limotni fiziologik ilmiy faoliyatning yakunlovchi bosqichida ifodalab bergan edi. I.P.Pavlovning laboratoriyalarda bosh miya katta yarim sharlari qobig`ining individualligi bilan bog`liq bo`lgan nerv faoliyatidagi farqlari kashf etadi. Itlarda tajriba o`tkazildi. It xatti-haraktining o`ziga xosligi (masalan: ziyraqlik va sustlik, dadillik yoki qo`rqoqlik) asosiy nerv jarayonlarining ayrim xususiyatlari hayajonlanish va tormozlanishga qonuniy ravishda mos kelganligi kuzatiladi. Ko`p yillik tadqiqotlar natijasida o`rganiladigan individual farqlar asosida quyidagi nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatlarini nerv, sistemasining kuchi, qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlar o`rtasidagi muvozanatli hamda nerv jarayonlarining harakatchalik xususiyatlari aniqlangan. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling