13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari. Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy
- rasm. Ishlab chiqarish binolarining to‘suvchi elementlari va ularni ustunlarga ulash
Download 90.95 Kb.
|
- rasm. Ishlab chiqarish binolarining to‘suvchi elementlari va ularni ustunlarga ulash:
a,в – isitilmaydigan (a) va isitiladigan (б) binolarning devor panellari; в – tayanch stoliga qo‘yilgan; g – burchaklar yordamida ilintirilgan. 1 – ustun; 2 – quyma detali; 3 – tayanch stolchasi; 4 – panel; 5 – payvand chok; 6 – biriktiruvchi (ilgak) elementlari; 7 – devor panelli quyma detali. 2.14 Asbosementli materiallardan ishlangan devorlarAsbosement materiallaridan tayyorlangan devorlar isitilmaydigan devorlarda ortiqcha issiqlik ajratilishi hamda portlash havfi bor bo‘lgan sanoat jihozlari joylashtirilgan ishlab chiqarish binolarida qo‘llaniladi. Sanoat binolari devorlarida to‘lqinsimon listlarni bir necha turi ishlatiladi. misol uchun listlarni “VU” turi uzunligi 1750 mm dan 2800 mm gacha, eni 994 mm hamda “UV–7,5” – uzunligi 1750 mm dan 3300 mm gacha, eni 1125 mm bo‘lgan va shularga o‘xshash boshqa turdagi listlar ishlatiladi. Bunday listlarni ustunlarga payvandlangan rigellarga maxsus qotirgichlar yordamida (PK – 1 va PK – 3) mahkamlanadi. Rigel materiali temirbetondan yoki po‘latdan ishlangan bo‘lishi mumkin (2.24–rasm). Listlarni bir-birlari bilan ulashda bo‘ylama yo‘nalishda 100mm, ko‘ndalang yo‘nalishda esa bir to‘lqin eniga teng kenglikda bir-birini ichiga kiritiladi. Hozirgi vaqtda asbosementli konstruksiyalar chet ellarda qo‘llanilmaydi. Bizda ham uni qo‘llash chegaralanayapti. Masalan, keng istiqbolga ega bo‘lgan, metalldan ishlangan yupqa, silliq yoki shakldor tunuka devorlar kam og‘irlikka ega bo‘lib, ularni ichiga zanglamaydigan, og‘irlikni yaxshi ko‘taruvchi va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan. Alyuminiydan ishlangan tunuka devorlar alohida ahamiyatga egadir (2.25–rasm). –rasm. Asbosementli listlardan va panellardan tayyorlangan devorlar. a, б – asbosementli listlarni ustunlarga mahkamlash usullari 1 – asbosementli listlar; 2 – ilmoq; 3 – stolcha; 4 – po‘lat rigel;5 – yog‘och rigel; 6 – burama mix; 7, 8 – shayba; 9 – penoplast; 10 – yog‘och sinch (karkas); 11 – yarim bikr mineral paxtali plita. –rasm. Shakldor metall listlardan tayyorlangan devor panellari. a – yiriklashtirilgan devor panellaridan qilingan to‘siq; b – panellarni ilmoqqa ilish (stropillash); v– panelni tuzilishi; g – panellarni vertikal choki.1–stokol paneli; 2–metall panellardan iborat to‘siq; 3–deraza; 4–stenda tayyorlangan yiriklashtirilgan panel; 5–tashqi qoplama; 6–issiq sovuqni o‘tkazmaydigan qatlam;7–ichki qoplama; 8–panelni ko‘tarib turuvchi rama to‘sini (harisi); 9–biriktiruvchi bolt; 10– mahkamlovchi skoba (uchlari ustunga payvandlangan); 11–issiq sovuqni o‘tkazmaydigan paket; 12–chok bekitgich; 13–panel ramasi ustuni; 14–bino ustuni. Ko‘p qavatli sanoat binolari devorlari ham bir qavatli sanoat binolari kabi loyihalanadi va montaj qilinadi (2.26–rasm). –rasm. Ko‘p qavatli sanoat binolarining devorlari a – panellarni bino balandligi bo‘yicha joylanishi; б – panellarni ustunlarga qotirish detallari.1 – panel; 2 – tortuvchi bolt kronshteyni; 3 – tortuvchi bolt; 4 – bog‘lovchi detal; 5 – ustun. Download 90.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling