13 mashg’ulot


O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni


Download 329.11 Kb.
bet3/6
Sana09.01.2022
Hajmi329.11 Kb.
#265073
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-amaliy

O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni
Tip Yassi chuvalchanglar – Plathelmintes

Sinf So’rg’ichlilar – Trematoda

Kenja sinf Digenetik so’rg’ichlilar – Digenea

Tur Jigar qurti – Fasciola hepatica


Umumiy tushunchalar

Jigar qurti so’rg’ichlilar sinfining ancha keng tarqalgan turlaridan biri bo’lib, u ko’pgina o’txo’r yovvoyi va uy hayvonlarining, ba’zan odamning ham jigarida parazitlik qiladi. Asosan jigarning o’t yo’llarida yashab, qon va jigarning suyuq mahsulotlari bilan oziqlanadi. Jigar qurtining uzunligi 3-4 sm, bargsimon. Tanasining oldingi qismi nisbatan keng, orqa uchiga qarab ensizlanib boradi. Gavdasi kuchli yassilashgan. Oldingi gavda qismi keskin qisqarib, konussimon shakldagi bo’rtib turuvchi qismni (xartumga o’xshash) hosil qiladi. Ushbu bo’rtib turuvchi qism uchida og’iz so’rg’ichi, uning o’rtasida esa og’iz teshigi joylashgan. Og’iz so’rg’ichidan pastroqda, qorin tomonda qorin so’rg’ichi joylashgan. So’rg’ichlar xo’jayin organlari (o’t yo’llari) ichki yuzasiga yopishish uchun xizmat qiladi.



So’rg’ichlilarning teri-muskul xaltasining tuzilishi kiprikli chuvalchanglarnikiga o’xshaydi, lekin jigar qurtida, shuningdek barcha so’rg’ichlilarda endoparazitlik bilan yashash tarzi teri-muskul xaltasini tuzilishida ayrim moslashish belgi va xususiyatlar paydo qilgan. So’rg’ichlilarning, jumladan jigar qurtining ham tana sirti tegument deb ataluvchi juda zich va pishiq parda hosil bo’lgan. Ushbu parda, epiteliy hujayralarining sitoplazmasini tashqi muhitga tegib turadigan qismlarining o’zaro qo’shilib, hujayralar orasidagi membranalarning yo’qolib ketishi hisobiga sinsitiy tuzilishidagi pardaga aylangan. Hujayralar sitoplazmasining ichki (pastki) qismi esa tashqi (ustki) qavatidan sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Membrana ostidagi sitoplazmada mayda vakuolachalar, mitoxondriylar, kutikulyar tukchalar bo’ladi. Ichki qavat sitoplazmasida yadro ham joylashgan. Tegument ostki qismida sitoplazmatik ipchalar hosil bo’ladi va bu ipchalar tegumentni epiteliy hujayrasining parenximaga botib kirgan yarmi bilan bog’lab turadi. Tegument ostidagi bazal membranadan so’ng uch xil muskullar, ya’ni halqa, diagonal va bo’ylama tolalar joylashgan.

Rasm 42. Jigar qurti – Fasciola hepatica teri-muskul xaltasining tuzilishi.



1 – sitoplazmani tashqi yadrosiz plastinkasi (tegument),

2 – mitoxondriyalar, 3 – bazal membrana, 4 – tegumentning tashqi va botib kirgan qismlarini o’rab turuvchi sitoplazmatik tortma, 5 – yadroli botib kirgan sitoplazmasi;

6-yadro, 7 – bo’ylama muskullar, 8 – halqasimon muskullar, 9 – kutikulyar pix.
Jigar qurtining ovqat hazm qilish sistemasi og’iz teshigidan boshlanadi. Og’izdan keyin tomoq oldi bo’shlig’i va muskulli tomoq shakllangan. Muskulli tomoq, og’iz teshigi va og’iz so’rg’ichi birgalikda ozuqani so’rib oluvchi organlar hisoblanadi. O’rta ichak ikkita shoxchaga ajraladi. Ularning har biri esa yana yon tomonlarga ko’r o’simtalar hosil qiladi. Orqa ichak va chiqarish teshigi bo’lmaydi. Qoldiq oziqa mahsulotlari og’iz orqali chiqarib tashlanadi. Jigar qurtining ajratish organlari va nerv sistemasini tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglarnikiga o’xshaydi. Lekin endoparazitlik bilan hayot kechirish tarzi nerv sistemasi kiprikli chuvalchanglarnikidan ancha past taraqqiy yetgan.


Download 329.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling