13-Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi


SIMULINK visual modellashtirish tizimi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana13.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1701382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
13-mavzu

SIMULINK visual modellashtirish tizimi 
Asboblar to‘plami ichida Simulink visual modellashtirish tizimi alohida o‘rin 
egallaydi. Ma’lum ma’noda Simulink ni Math Works firmasining mustaqil 
mahsuloti sifatida qarash mumkin. Biroq u «Matlab» yadrosi bo‘lgandagina ishlaydi 
va uning tarkibiga kirgan ko‘pgina funksiyalarni ishlatadi. Shuni e’tiborga olish 
kerakki, 
«Matlab», 
Simulink 
paketlari 
va 
ularning 
kengaytirilgan 


paketlari(Toolboxes, Blocksets) muntazan rivojlanib, takomillashib bormoqda. 
Simulink-tadqiqot uchun noyob asbobdir, u foydalanuvchidan dasturlash 
ko‘nikmalarini bilishni talab qilmaydi, qudratli tashkilotlarni birlashtirish imkonini 
beradi, ob’yektni matematik tuzilishi va modelni qo‘llayotga blok sxema tuzilishi 
o‘rtasidagi o‘xshashlikni aniqlaydi. Simulink–dinamik tizimlarni modellashtirish, 
yasash va tahlil qilishning interaktiv asbobidir. U grafik diagramma bloklarini 
qurish, dinamik tizimlar yasash, tizimni ishga layoqatliligini tadqiq qilish va 
loyihani mukammalashtirish imkonini beradi. Simulink–»Matlab» bilan to‘liq 
integrallashgan bo‘lib, tahlil va loyihalashning keng spektrdagi asboblariga tezda 
kirish imkonini beradi. Bir onda mustaqil o‘zgaruvchi, differehsial tenglama, 
majburiy funksiya, boshlang’ich shartlar, differensial tenglama yechimi kabi 
matematik tushunchalar zanjiri bilan, modellashtirish vaqti, kiruvchi signal, 
ob’yektning tuzilish sxemasi, integratorlardagi boshlang’ich shartlar, chiquvchi 
signal kabi analog modellashtirish tushunchalari zanjiri munosabatlarining sabablari 
yaqqol namoyon bo‘ladi. «Matlab», Simulink sohalarida modellashtirishda 
talabalar, tinglovchilar va tadqiqotchilarda o‘lchash vositalari, tartibga solish va 
tizimni boshqarish quyidagilarga bog’lanadi: 
 
tanlash ko‘nikmalari, sozlash, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalarini 
ishlatish; 
 
o‘qish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni ishlatish texnologiyalari; 
 
o‘rganilyotgan ob’yektning static va dinamik tenglamalarini aniqlash; 
 
o‘rganilyotgan ob’yekt tahlil qilish qobiliyati
 
o‘rganilyotgan ob’yektni sintez qilish qobilyati. 
«Matlab» paketi virtual elementlar, modullar, funksiyalarning katta to‘plamiga 
ega. Ular real oddiy fizik elementlarning asosiy xususiyatini o‘zida qamrab, shartli 
belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, monitor ektanida mos 
elementlardan kerakli virtual laboratoriya stendini yig’ib, yani o‘rganilyotgan 
ob’yektning aniq tuzilishi sxemasini yig’ib, uni to‘liq tahlil qilish mumkin
o‘rnatilgan va o‘tuvchi rejimlarda o‘rganish, istalgan xususiyatlari bilan sintez qilish 
mumkin. Sxema to‘g’ri yig’ilib, tajriba ustalik bilan olib borilsa tadqiqot natijasi real 


sxemadagi tadqiqot natijasiga mos keladi, aniqlik bo‘yicha esa undan o‘tadi. . 
«Simulink» dasturiy paketlarning asl mohiyati ana shundadir va albatta bular 
paketning afzalligi va qadr-qimmatidir. «Matlab», «Simulink» paketlari o‘qishnng 
barcha shakllarida turli fanlarni o‘rganish jarayonida faqat talabalar uchun foydali 
emas, balki yangi qurilmalarni loyihalayotgan va sinovdan o‘tkazayotgan 
muhandislar, ilmiy xodimlar uchun ham juda foydalidir. Sababi barcha tajribalarni 
virtual stendlarda o‘tkazish mumkin. Bu talaba va tadqiqotchilarni o‘rganilyotgan 
qurilmaning fizik modelini qurishdan ozod qiladi va shu bilan birga moddiy 
harajatlarni va vaqtni tejaydi. «Matlab», «Simulink paketlari talabalar, tadqiqotchilar 
tomonidan o‘rganiladigan sxema, apparatlar va tizimlarni chuqurroq tadqiq qilish 
imkonini beradi. Chunki u funksiya va bo‘g’inlarning asosiy keng tipik elementar 
guruhlariga egadir. Yana laboratoriya stendlariga bo‘lgan intilishda shuni hisobga 
olish kerakki, bitta stendni o‘zi bir nechta laboratoriya ishlarini bajarish imkonini 
beradi. Bunday stendlarda element va qurilmalar stend ichiga berkitilgan bo‘lib, 
birinchi planga esa tahlil qilinayotgan ob’yektning sxemasi tuzilish, uning 
differensial tenglamasi, o‘tish funksiyasi, funksiya mnemosxemalari chiqariladi. 
Virtual laboratoriya ishlarini bajarilishi talabalar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy 
ko‘p maqsadli laboratoriua stendlarida bajarilgandan ko‘ra tushunarli va aniqdir. 
Talaba-tadqiqotchi. 
«Matlab», 
«Simulink» 
paketlarining 
tadqiqotchilik 
imkoniyatlari boshqa zamonaviy ko‘p maqsadli stendlarga nisbatan o‘lchab bo‘lmas 
darajada ko‘pdir. Nihoyat, «Matlab», «Simulink» paketlari masofaviy o‘qitishda 
juda foydalidir. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling