13-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy tendensiyalari
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari
Download 54.67 Kb.
|
13-ma\'ruza (1)
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari mavjud bo’lib, ularni quyidagi ikki turda tasavvur qilish mumkin:
an’naviy sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirish; ijtimoiy murakkab sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirish. Bu omillar boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini mutlaqo yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishni taqoza qiladi. Shu sababli bizningcha, tarbiya jarayonining zamonaviy omillarini belgilashda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi: real sharoitlar va imkoniyatlarni hisobga olish; tarbiya jarayonini amlga oshirish resurslarini aniqlash; tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi mas’ullarni belgilash; tarbiya jarayoni samaradorligini monitoring qilib borish tizimini yo’lga qo’yish. Mazkur jarayon boshlang’ich ta’limni milliy va jahon ta’limi standartlari asosida amalga oshirish imkonini beradi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari metodologiyasini quyidagilar tashkil etadi: boshlang’ich ta’limning majdburiyligi; shaxs va jamiyatning boshlang’ich ta’limdan manfaatdorligi; ta’lim tarixida boshlang’ich ta’lim tajribaga ega ekanligi; boshlang’ich ta’limning jahon ta’lim tizimida mug’im o’rin tutishi. Bu omillar boshlang’ich ta’lim vositasida 7-11 yoshli shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. SHu jihatdan boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni quyidagi zamonaviy faktorlarga tayanadi: bolaning aqlini rivojlantirish va ruhiy ulg’aytirish; bolani jismoniy o’stirish va estetik ongini shakllantirish; bolani ijtimoiylashtirish va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tayyorlash; bola tarbiyasida oilaga pedagogik-metodologik yordam ko’rsatish. Mazkur omillar vositasilda boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilar dastlabki bosqichda tarbiyalanadi. Bu o’rinda dastlabki bosqich tushunchasini tarbiya jarayoniga kirish, uni keyingi ta’lim jarayonida davom ettirish va umumiy o’rta ta’lim yakunida tarbiyaning to’liq samaradorligiga erishi ma’nosida tushunish lozim. SHu sababli boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarpbiya jarayonini eng muhim bosqichlardan biri sifatida qabul qilinadi. Download 54.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling