13-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy tendensiyalari
Download 54.67 Kb.
|
13-ma\'ruza (1)
13-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy tendensiyalari Reja: 1. Ijtimoiy murakkab (pandemiya kabi) sharoitlarda boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etish 2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari 3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash. *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, tarbiya, jarayon, zamonaviylik, tendentsiya, yondashuv, murakkablik, o’ziga xoslik, muammo, yechim. *** Ijtimoiy murakkab (pandemiya kabi) sharoitlarda boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etish. Jahon boshlang’ich ta’lim tizimida turli davrlarda har xil tarbiya jarayoni amalga oshirilgan. Bunda turli ijtimoiy murakkab davrlar ham kechganligi va bunday davrlarda boshlang’ich ta’limda o’ziga xos tarbiya jarayoni amalga oshirilganligini eslatib o’tish joiz. 2019 yil so’nggi choragidan boshlab jahonda COVID-19 pandemiya sharoiti kechib, barcha sohalar qatorida ta’lim jumladan, boshlang’ich ta’lim jarayoniga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu salbiy ta’sirning yaqqol ko’rinishlari quyidagilarda namoyon bo’ldi: keskin karantin sharoiti tufayli o’quvchilar maktab ta’limidan cheklanli; o’quvchilarning amalga oshirilayotgan ilmiy – metodik tarbiya jarayonida uzulish ro’y berdi; o’quvchilarning oila sharoitida uzoq muddatda qolib ketishi va oila a’zolarining ularga nisbatan turli munosabatda bo’lishi natijasida amaliy tarbiya jarayoni susaydi; o’quvchilarning tarbiyalanish jarayonini to’ldiruvchi muqobil resurslarning mavjud emasligi ma’lum bo’ldi; bularning natijasida o’quvchilarning axloqi, xarakteri va munosabatlarida muayyan o’zgarishlar ro’y berdi. Bunday ijtimoiy murakkab sharoit ayni shakllanish va rivojlanish bosqichida bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatdi. SHu sababli bu tajriba ijtimoiy turakkab sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirishning metodologik asoslarini yaratishni taqoza etdi. Ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini amalga oshirishning metodologik asoslarini biz quyidagicha tasavvur qilamiz: a) ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash Dasturini ishlab chiqish; b) ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalovchi mas’ullar va ularning vazifa hamda majburiyatlarini mazkur Dasturda belgilab qo’yish; v) ushbu Dasturda ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash tizimi asoslari, metodlari texnologiyalari aniq belgilab qo’yish; g) mazkur Dasturda ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbichlanganlik darajasini aniqlash indikatorlarini va uni baholash asoslarini aniq ko’rsatish. Bunday yondashuv kutilmagan sharoitlarda ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash ishini amalga oshirish imkonini beradi. CHunki ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik rivojlanish jarayoni, ona tabiatning kutilmagan hodisalari ro’yo berishini hamda ularning ayanchli oqibatlarini idrok etish taqoza etiladi. Download 54.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling