13-Mavzu: Etnomadaniyat va etnopisixologiya


Download 64.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi64.93 Kb.
#1493861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-Mavzu Etnomadaniyat va etnopisixologiya (2-mashg'ulot)

madaniyati va ma’naviyatiga ega. Ko’p asrlar davоmida shakllangan millat va 
elatlarning ruhiy bоyligini, uning urf-оdatlari, an’analari, aхlоq-оdоb mе’yorlarini 
o’zida mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni vaqtda umuminsоniy ma’naviyatning 
tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahоndagi barcha хalqlarning ma’naviy 
bоyligi ham bo’lib hisоblanadi.YUksak milliy ma’naviyat hamma vaqt хalqlarni bir-
biriga yaqinlashtiruvchi vоsita bo’lib kеlgan va hоzir ham shunday bo’lib qоlmоqda. 
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi 
o’rnini aniq bilib olish hamda shu asosda uni rivojlantirish, uning mohiyatini hamda 
mazmunini ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. 
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, sobiq sho’rolar tizimi sharoitida ma’naviyat 
bugungi holatda o’rganilmagan. U ma’naviy madaniyatning tarmog’i sifatida yoki 
olimlar asarlarida tilga olingan xolos. 
Bu juda murakkab masalaga shu darajada «e’tiborsizlik» ataylab qilingan. Chunki 
u shaxs va millatning ichki ruhiy salohiyati bilan bog’liq bo’lgan omildir, shuning 
uchun shaxsning ruhiy olamiga kirib borish, uni mustaqil fikr yuritishga, millatning 
esa ma’naviy-ruhiy olamini yuzaga chiqarish, uning o’zini o’zi anglashga, o’z 
mustaqilligini qo’lga kiritish va o’zi xohlagan taraqqiyot yo’lidan borishiga yo’l 
qo’ymaslik davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. Bu ko’rsatilgan 
kontseptual vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsak prezidentimiz tomonidan 
jamiyatni ma’naviy yangilash borasida belgilab bergan ko’rsatmalarini bajara 
olishimiz mumkin bo’ladi. Belgilangan bu vazifalar Vatanimiz va millatimiz 
istiqboli uchun o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini taraqqiyotimizning o’tgan 
davri to’la tasdiqladi. 
Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida o’rganish 
faqat mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingina boshlandi. Uni 
bu shaklda o’rganish esa hech mubolag’asiz aytish mumkinki, mustaqillik 
sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo’nalishdir. Bu yo’nalishning 
paydo bo’lishini va uning kontseptual g’oyalarini nazariy jihatdan ishlab chiqish 
Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog’liqdir. Uning asarlari, risolalari
ma’ruzalarida ma’naviyat tushunchasi mohiyati ochib berilgan. Bu ma’naviyatni 
mustaqil omil sifatida o’rganish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. CHunki har 
qanday ilgari surilayotgan g’oyalarning mohiyati ochib berilmas ekan, uning jamiyat 
taraqqiyotida millat va shaxs kamolotidagi rolini belgilash mumkin bo’lmaydi. 
To’g’ri Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, sobiq sho’rolar tizimi sharoitida 
1
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т. 6. -Т.:Ўзбекистон, 1998. –Б. 331.


ma’naviyat bugungi holatda o’rganilmagan. U ma’naviy madaniyatning tarmog’i 
sifatida yoki olimlar asarlarida tilga olingan xolos, milliy madaniyat haqidi ko’p 
yozilgan va ko’p gapirilgan, ammo nomi aytilsa ham amalda «yagona» sovet 

Download 64.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling