13-mavzu.Fuqarolik tarbiyasi. Ma`naviy-axloqiy tarbiya
Reja:
13.1.Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari.
13.2. O`quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish.
13.3.Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, va-zifalari va metodlari. Huquqiy tarbiya.
13.4.Yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.Mafkuraviy tarbiya va uning texnologiyasi.
13.5.Ma`naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
13.6.Ma`naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari.
13.7.Oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. O`quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
Tayanch tushunchalar: axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma-naviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari.
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik – insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy etukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |