13-mavzu. Galvanik elementlar. Elektr yurituvchi kuch (EYuK)


Download 470.73 Kb.
bet2/4
Sana10.01.2023
Hajmi470.73 Kb.
#1087476
1   2   3   4
Bog'liq
13-MAVZU. Galvanik elementlar

ΔG0= -212 Kj ga teng.
Bu 1 mol Zn erigandagi bajarilgan elektr ishi. U manfiy qiymatga ega, chunki misning qaytarilishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lyapti.
Demak, har qanday galvanik elementda bir elektrodda oksidlanish, ikkinchi elektrodda qaytarilish jarayoni boradi. Qaytarilish jarayoni borgan elektrod musbat qutb, oksidlanish jarayoni ro‘y berayotgan elektrod manfiy qutb deb belgilanadi.
Agar ushbu galvanik elementga tashqaridan tok berilsa (EYuK=1,1V dan ko‘proq) qaytar reaksiya sodir bo‘ladi:
Gibbs energiyasi bu jarayonda (+) qiymatga ega. Chunki, ish tashqaridan energiya berish hisobiga bajarilmoqda.
Bunday elementlar qaytar galvanik elementlar deyiladi.
Doimiy tok manbai sifatida akkumlyatorlardan foydalanishdan ilgari, tok manbai sifatida batareykalardan foydalanilgan. kimyoviy reaksiya tugashi bilan batareykalarni ishlatish muddati ham tugagan. Ularni qayta tiklash mumkin bo‘lmagan. Bunday galvanik elementlar (Vol’ta) – I tip galvanik elementlar deb atalgan.
Demak, Vol’ta elementi qaytmas elementlarga misol bo‘ladi.
Ya’ni, bunday elektrodlarda qaytmas reaksiyalar sodir bo‘ladi.
Akkumlyatorlarni – ya’ni II tip galvanik elementlarni qayta tiklash mumkin. Daniel – Yakobi elementi akkumlyatorlar turkumiga mansubdir.
Galvanik zanjirni, unda sodir bo‘layotgan reaksiyalarni yozishda YuPAK tomonidan (1953 yil) qabul qilingan quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
1. galvanik element - ish bajaradigan elektrokimyoviy sistema bo‘lgani uchun, EYuK (+) qiymatli bo‘lishi kerak;
2. element EYuK hisoblash uchun o‘ng elektrod potеnsialidan chap elektrod potеnsiali ayriladi(«o„ng plyus» qoidasi). Shuning uchun element sxemasi yozilganda har doim chap tomonga (-) (oksidlanish sodir bo‘lgan), o‘ng tomonga (+) (qaytarilish sodir bo‘ladigan) elektrod yoziladi;
3. I va II tur o‘tkazgichlar chegarasi bitta chiziq bilan ifodalanadi
Zn/ZnSO4 ; CuSO4 /Cu
4. Ikkita II tur o‘tkazgichlar orasidagi chegara punktir chiziq bilan ifodalanadi

Download 470.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling