13-mavzu: hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi reja: 1


Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi


Download 26.41 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi26.41 Kb.
#1509631
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-MAVZU Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi

3.Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Hizmat safari harajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida hizmat safari harajatlarini amalga oshirish “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi hizmat safarlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma (O‘z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda № 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat safarlari “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish Tartibi” (O‘z.R AV. tomonidan 2000 yil 5 iyunda № 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)ga asosan amalga oshiriladi. 
Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan (arizada avansning nimaga mo‘ljallanganligi ko‘rsatilishi kerak) tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular berilayotgan vaqtda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, shuningdek, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi hamda mablag‘larni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshirib chiqilgan avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldig‘i kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.

Download 26.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling