13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja
Download 243.75 Kb.
|
13-mavzu.Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻrin ergash gapli qoʻshma gaplar
Payt ergash gapning kesimi -r(-ar) ekanshakli da ifodalanadi. Bunda ergash gapdagi voqea-hodisa yoki harakat bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakat bilan bir vaqtda yuzaga keladi. Sifatdoshdan keyin keladigan ekan shakltivi -kanshaklida ham qoʻllanadi. Masalan: Chaqmoqday otlarda sersavlat beklar ucharkan, uning koʻzlarida havas, hasad yonib ketardi. (0.)Bu joylarni hazin bir qoʻshiqni xirgoyi qilib kezar ekan, nazarida koʻp zamondan beri koʻkragida qatma-qat boʻlib yotgan dard-hasrati shu qoʻshiq bilan chiqib ketayotganday boʻlar edi. (A. Q.) Nazokat Annaning gaplariga quloq solar ekan, uning nazarida Poʻlatjonning qiyofasi butun fazilatlari bilan gavdalanar edi. (S. Ahm.)
Payt ergash gaplarda egaga mos holda kesim shaxs-son qoʻshimchasini qabul qiladi: Chol-kampir oydinda uyga qaytar ekanlar, har ikkovi ham chuqur fikrga toldi. (S. Ahm.) Payt ergash gap bosh gapga shart mayli shakli yordami bilan irikadi. Bunda payt ergash gap bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish paytini koʻrsatadi; bir vaqtning oʻzida ham shart* ham payt ma’nosi ifodalanadi: Utmishga qaralsa, Umrzoq ota hayotdan koʻp narsalar olganligi koʻrinib turardi. (0.) Vatanda yangrasa Halima sasi, gulzorda bulbulning kelar havasi. Ba’zan -sa shakli ga -ki yuklamasi qoʻshilib keladi: Qeyin eshiqa-ki, ishlar butunlay boshqacha ekan. (S. Ahm.) Ovqatdan keyin uyga kirsa-ki, Jamila yoʻq. Payt ergash gap bosh gapga -ki bogʻlovchisi yordami bilan birikib, bosh gapdagi harakat, voqeaning qachondan beri davom etishini koʻrsatadi. Masalan: Dunyo yaralmishki, bu oftob bor, sharqdan koʻtarilib, botadi gʻarbga. (Gʻ. Gʻ.) Shu dargohga kelib- manki, janjaldan boshim chiqmaydi... (A. Q.) Payt ergash gap bosh gapga -mi yuklamasi vositasida bogʻ- lanib, bir harakatdan ikkinchi harakatga gʻoyat qisqa muddatda tez koʻchish ma’nosi ifodalanadi: Paxta ochildimi, terim boshla- nadi. Uzoqdan qora koʻrindimi, chopib yoniga borar edi. (A. Q.) -mi yuklamasi, payt ergash gap bilan birga, sabab ergash gapda ham qatnashadi, bunday ergash gaplardagi iitonaqiya payt ergash gapdagi intonaqiyadan qisman farq qiladi: Qoʻrindingmi, bas, butun kuchi bilan tashlanadi. (F.) Men orden va medallarga shunday qarayman: ordenga muyassar boʻldingmi, taqib yur, yarqira- sin. (S. Bab.) Payt ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki uning oʻr- tasida kelishi mumkin. Ergash gapning turlicha oʻrinlashishi kom- ponentlarni tutashtiruvchi yordamchilarga, uslubiy talabga va badiiy asarning janr xususiyatiga bogʻliq. Payt ergash gap koʻpincha bosh gapdan oldin keladi: Botiralioʻy surib borarkan, Joʻraboy ota Sergey bilan gaplashib orqa- roqda qoldi. (H. Gʻ.) Eshik ochilib, qoshi chimirilgan Umarbsk chiqdi. (S. Ahm.) Ergash gap bosh gapdan keyin, ba’zan bosh gap orasida keladi: Uktam, yoʻl sal oʻngʻaysiz boʻlsa, tikanakli oʻsimliklar uchrasa, darhol Komilaga koʻmaklashishga tirishar edi. (0.)—«Murod ota Shohimardon kurortiga ketdilar»,— dedi yigit, uning oldiga choy keltirgach. (S. Ahm.) Payt ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:
Oʻrin ergash gapli qoʻshma gaplar Oʻrin ergash gap bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish, boshlanish yoki yoʻnalish oʻrnini koʻrsatadi. Masalan: Qayerda saodat qurib oshyon, xalqi hayotidan minnatdor esa, shu yerda qoʻshiq- dan jaranglab osmon, mehnatdir muhabbat, sharafdir boʻsa. (Gʻ. Gʻ.) Gʻulsum qayerda oʻynasa, Xolmurodning koʻzi ham oʻsha yerda edi. (P. T.) Zulxumor oyim qayerda boʻlsalar, soʻzga oʻrgatilgan mayna ham shu yerda. Oʻrin ergash gap bosh gapga shart mayli, buyruq mayli shakl- sidagi fe’l yoki ekan shakli orqali bogʻlanadi. Bunda oʻrin er- gash gap tarkibida qayerda, qaerga, qayerdan, qayga kabi nisbiy soʻzlar, bosh gap tarkibida esa u yerda, shu yerda, oʻsha yerda, shu yerga, shu yyerdan kabi nisbiy soʻzlar ishtirok etadi. Oʻrin ergash gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi: 1. Fe’lning shart mayli shakli bilan. Bunday ergash gaplar tarkibida chiqish, joʻnalish, oʻrin-payt kelishiklari shakli dagi soʻroq olmoshi yoki ot ishtirok etadi hamda shunga muvofiq bosh gapda oʻrin holi ishlatiladi: Qayyerda baxt bor boʻlsa, shu yerda kulgi boʻladi; qayerda kulgi boʻlsa, shu yerda qoʻshiq jaranglaydi. (M. Gʻ.) Misollardan koʻrinadiki, ergash gapdagi nisbiy soʻzlar qaysi jelishikda boʻlsa, koʻpincha bosh gapdagi nisbiy soʻzlar ham oʻsha kelishikda qoʻllanadi. Ba’zan kelishik shakllari bosh va ergash tapda bir xil boʻlmasligi ham mumkin. Masalan: Qaerga ilm- ma’rifat nuri kam tushsa, oʻsha yerda jaholatparastlik, ma’naviy tushkunlik va xurofot kuchayadi. Bizning jangchila- rimiz qayerda toʻplangan boʻlsa, shu yerga xalq guldastalar bilan kela beradi. Oʻrin ergash gap bosh gapdagi koʻrsatish olmoshi bilan ifoda- langan oʻrin holining ma’nosini izohlab keladi: Sening yuraging guli qayerda ochilur boʻlsa, bulbuli shunda sayrar. Bunday shakllangan ergash gap bosh gapdagi ega vazifasida jelgan soʻzning ma’nosini izohlab kelishi mumkin. Bunday ergash gaplar oʻrin ergash gap emas, aniqlovchi ergash gap sanaladi: Diviziyamiz qayerdan oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer mening oʻz joyim (ya’ni: .Diviziyamiz oʻtgan yer mening oʻz joyim). Misollardan koʻrinadi- ki, oʻrin ergash gap boʻlish uchun ergash va bosh gapdagi oʻringa munosabatni koʻrsatuvchi soʻzlar oʻrin kelishiklaridan biri for- masida qoʻllangan boʻlishi kerak-. 2. Oʻrin ergash gapning kesimi boʻlishsiz shakldagi buyruq: fe’li bilan ifodalanadi. Misollar: Komsomollar qayerda ishlamasinlar, shu yerda ish samarali boʻladi 3. Bu tipdagi oʻrin ergash gaplar, bosh gapdagi harakatning oʻr nini izohlab berishi bilan birga, toʻsiqsiz ergash gaplarga yaqin ma’noni ham ifodalaydi. 4. Oʻrin ergash gapning kesimi ekan shakli yordamida ifodalanadi. Bunday gaplarda ekan shakli shart mayli shakli ga yaqin vazifani bajaradi: Qayerda tinchlik va demokratiya gʻoyala- ri bor ekan, u yerda urush olovini yoquvchilar gʻalaba qozonolmay- dilar. («S. Uzb.») Oʻrin ergash gap koʻpincha bosh gapning oldida keladi. Bunday qoʻshma gaplar tarkibida bir-biriga mos ishlatiladigan nisbiy soʻzlar qismlarning tartibini oʻzgartirishga u qa- dar yoʻl bermaydi: Qayerda razolat hukmron boʻlsa, shu yerda tama- gir qoʻshinning kelur omadi. (Gʻ. Gʻ.) Katta kema qayoqqa yursa, ki- chik kema ham shu yoqqa yuradi. (Maqol.) Oʻrin ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:
Download 243.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling