Adenilattsiklaza tizimining patologiyalari. Ko’pgina patologiya shakllari organizmda asosiy metabolizm yo’llarining izdan chiqishi bilan bog’liq bo’lmasdan, balki ushbu jarayonlarning boshqarilish jarayonlari izdan chiqishi bilan belgilanadi. Bu holat bevosita infektsion kasalliklar patogenezi jarayoni uchun xam tegishli hisoblanadi.
Retseptoropatiyalar (retseptorga bog’liq holatda yuzaga keluvchi patologiyalar). Hujayralarda ayrim retseptorlarda ularning funktsional faolligini ta’minlovchi oqsil molekulalari biosintezida genetik jihatdan yuzaga keluvchi mutatsiyalar ta’sirida retseptorlarning funktsional faolligi jiddiy o’zgarishi, ligandlarning tanlab ta’sir ko’rsatish tamoyili asosida retseptorga bog’lanish xususiyati buzilishi va o’z navbatida hujayrada signal uzatilishi jarayonlari izdan chiqishi kuzatiladi.
Organizmda lyuteinlovchi gormon (LG) retseptorlarining faollashini ta’minlovchi genlarda yuzaga keluvchi mutatsiyalar oqibatida dominant holatda namoyon bo’luvchi – oilaviy autosoma kasalligi – erkaklarda muddatidan oldin voyaga etish xastaligi kelib chiqadi. Bunda ushbu ko’rinishdagi mutatsiyalar ta’sirida ayrim holatlarda hatto retseptorlarning funktsiyasi butunlay izdan chiqishi xam qayd qilinadi. Masalan, nefrogen qandsiz diabet (diabetus insipidus qandsiz tarzda siydik ajralishi orqali holdan toyish xastaligi) yuzaga kelishida buyrak xujayralarida V5 tipidagi vazopressin retseptorlari funktsiyasidagi yuzaga keluvchi mutatsiya oqibatida organizmda siydik tarkibidagi suv kontsentratsiyasining me’yoriy miqdorda ushlab turilishi jarayoni keskin tarzda izdan chiqishi qayd qilinadi. Bu holatlar bevosita siljishlar, missens va nonsens mutatsiyalar ko’rinishida amalga oshadi.
G-oqsilining uch o’lchamli strukturasida amalga oshuvchi buzilishlar bilan bog’liq kasalliklar. Ma’lumki, ko’pgina mikroorganizmlarda sintezlanuvchi zaharlar fermentativ faollik xususiyatini namoyon qilib, yuqori darajada zaharli ta’sirga ega hisoblanadi. Ushbu ko’rinishda xolera toksini ADP-riboziltranferaza fermenti faolligiga ega bo’lib, hujayrada GS oqsili α-subbirligida hujayra ichki NADQ bilan ADP-ribozaning almashini jarayonini katalizlashi natijasida G-oqsili ishtirokida GTP gidrolizlanishi jarayoni buziladi. Natijada esa hujayrada AS ning faol holatda bo’lishi retseptorning tashqi signal ta’sirida qo’zg’atilishini talab qilmaydi, ya’ni AS doimiy holatda faollik xususiyatini namoyon qiladi. Xolera kasalligida ichak epiteliy qismi hujayralarida sAMR sintezi izdan chiqishi va oqibatda esa hujayralardan tashqi muhitga NaQ ionlarining, o’z navbatida suvning me’yoridan ortiqcha chiqishi natijasida ich ketishi ko’rinishidagi kasallik kuzatiladi. Xolera toksini ta’sirida organizmning boshqa hujayralarida fenotip bilan bog’liq bir qator patologik holatlar yuzaga kelishi aniqlangan.
ADP-ribozillanish jarayoniga boshqa bir misol sifatida – Pseudomonas aeruginosa sintezlovchi eksotokisin A va difteriya toksinining eukariot hujayralarda elongatsiya omili (EF-2) tarkibidagi gistidin qoldig’ining modifikatsiyalanishiga olib keluvchi mono ADP-ribozillanish jarayonini ko’rsatish mumkin, bu holatda hujayrada oqsil biositezi jarayoni jiddiy tarzda izdan chiqadi va oqibatda hujayralarning nobud bo’lishi yuz beradi. Bu esa organizmni o’limga olib kelishi mumkin. Inaktivatsiya reaktsiyasi quyidagi ko’rinishda ifodalanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |