13-mavzu. Ijtimoiy o’z -o’zini boshqarish
Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli
Download 40.36 Kb.
|
13 мавзу
Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli
Raqobatda ustunlikka erishish bu yangilanishga qo’yilgan birinchi qadam. Boshqaruvning yangi yo’nalishiga ko’ra menejer quyidagi maxsus xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Qo’l ostidagilarga e’tibor. Ishchilarga g’amho’rlik qilish, ularni samarali mehnat qilishga undash, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kabi boshqaruvning asosiy vazifalaridan biridir. Boshqaruvchini ishchilarga nisbatan «ochiq eshiklar» siyosatini olib borishi korxona yuksalishining garovidir. Iste’molchilar talabini o’z vaqtida o’rganish va ularni qondirishga intilish. Talabni doimiy o’rganish bu menejerning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, yangiliklarni qo’llash orqali iste’molchilar talabini o’z vaqtida qondirish imkonini beradi. Faoliyat jarayonida tashkiliy madaniyatni shakllantirish. Samarali tashkiliy madaniyat tarkibiga quyidagilar kiradi: a) o’zaro fikr almashish; b) shaxsga bo’lgan e’tibor; v) buyuk insonlarni tan olish; g) turli urf-odatlarni hurmat qilish va ishonish; d) yozilgan qonun-qoidalarga rioya qilish; e) ishchilar qilayotgan har bir ish boshqalar uchun muhimligini ko’rsatish. Rejalashtirishga strategik yondashish. Barcha imkoniyatlar va kamchiliklarni o’rgangan holda tuzilgan uzoq muddatli reja korxonalarning doimiy hamroxi bo’lishi kerak. Boshqaruvchilar korxona faoliyatining texnik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy aspektlarini bir butun holatda ko’rib chiqishi kerak. Bu aspektlarning har biri o’zaro to’ldiruvchi bo’lishi kerak. SHu bilan bir qatorda zamonaviy menejer muammolarni echishda o’z qo’l ostidagilarni fikrlarini ham inobatga olishi kerak. Yuqorida keltirilgan faktlar inson resurslarini boshqarishning yangi shakllarini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Bunday jarayon faqatgina yuqori madaniyatli tashkilotlarda samarali tadbiq qilinishi mumkin. Yapon tajribasi ta’siri ostida AQSH menejerlari qaror qabul qilishni individual variantidan kollektiv usuliga o’tishmoqda. Tashkilotda motivatsion iqlimning mavjudligi menejerni o’z faoliyatiga bog’liq xususiyatlarni rivojlantirishga undaydi. Bu nuqtai nazarda kelib chiqqan holda kuchli menejer o’z-o’zini ob’ektiv baholashga intiladi. Download 40.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling