13-mavzu: Ijtimoiy sheriklik Reja


Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari


Download 19.46 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi19.46 Kb.
#1308055
1   2   3
Bog'liq
13-mavzu Ijtimoiy sheriklik Reja

2.
Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari.
 Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq va manfaatlarini himoyalash, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda.Jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi.Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining eng muhim sosial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan ikki yuzdan ortiq qonun qabul qilingani davlatimiz tomonidan soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir.Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil qilingani fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan va 2014-yil 26-sentabrda e’lon qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.Qonun 5 bob, 30 moddadan iborat bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning asosiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va uni amalga oshirish tartibi, ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mazkur munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlariga keng o‘rin berilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari sifatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘ini saqlash, barkamol avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va boshqa masalalar nazarda tutilgan. Qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholining turli qatlamlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ham mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy sheriklik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlari hisoblanadi. Bunda davlat organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.Ijtimoiy sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlarni tiklash va o‘rganish kabi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi ham qonunda o‘z ifodasini topgan. Bu aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar qaror topishiga yanada keng yo‘l ochadi. Qonunga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin. Bu turli sohalarga oid taklif va loyihalarni tayyorlashda tashabbuslar bilan chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishda, ushbu hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish, ular ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun endilikda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining taklif va tashabbuslarini ko‘rib chiqishi shartligi qonun bilan kafolatlandi.Qonunda ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari sifatida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalar berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish ham belgilab berilgan. Bunday institutlarga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turi qatorida qayd etilgan. Masalan, mulkiy yordam ko‘rsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishini anglatadi.Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi muhim o‘rin tutadi. Ushbu fond, uning mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi va ularning vazifalariga oid normalar ham qonunda o‘z aksini topgan.Qonundagi yana bir muhim yangilik – bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida jamoat fondlari hamda ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari tuzilishidir. Albatta, bu joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirib, ularning ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini kengaytiradi. Mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, gumanitar masalalarni hal etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid faoliyatni yanada rag‘batlantiradi.Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish asoslari ham huquqiy tartibga solingan. Bu maqsadda davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari, ijtimoiy sheriklik subyektlarining o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.Qonunda ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlariga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘z ustavlariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z a’zolari va ishtirokchilarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash, davlat organlariga takliflar bilan chiqish, ularning qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ushbu organlarga axborot olish to‘g‘risida so‘rovlar bilan murojaat etish, jamoatchilik nazoratini o‘tkazish kabi huquqlarga egadir.Ayni vaqtda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari muayyan majburiyatlarga ham ega. Binobarin, ular o‘z faoliyatining ochiq-oshkoraligini, ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar, dastur va loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini, faoliyatni amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning manfaatlari hisobga olinishini, ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi shart. 
Davlat organlariga mazkur institutlarning taklif va tashabbuslarini ko‘rib chiqishi, zarur hollarda jamoatchilik muhokamasi tashkil etishi, ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar, dastur va loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashga majburdir.Mazkur qonun 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. 
Yangi qonun mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish uchun qulay muhitni yuzaga keltirishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirishga mustahkam huquqiy zamin yaratadi.



Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling