13-mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar 1-topshiriq. Quyidagi test savollariga javob toping. D a


Download 35.56 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi35.56 Kb.
#148213
Bog'liq
IKM-60.BahodirovDilshod.invest13


IKM-60 . BAHODIROV DILSHOD

13-MAVZU. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHDA

MOLIYAVIY VOSITALAR


1-topshiriq. Quyidagi test savollariga javob toping.

1.D

2.A

3.B
2-topshiriq. Moliyaviy instrumentlar yordamida resurslar harakatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.


Moliyaviy instrumentlar yordamida resurslar harakati quyidagi omillarga bog`liq:


moliyaviy instrumentlarning daromadlilik va risk darajasi







moliyaviy instrumentlarni soliqqa tortish shart-sharoitlari





moliyaviy instrumentlarning real basis bilan ta’minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi






makro va mikroiqtisodiyot barqarorlik




3-topshiriq. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori rivojlanishini 2017-2019 yillar bo’yicha o’rganing va tahlil qiling.

“Toshkent” respublika fond birjasida 2017-yilda aksiyalarining aylanmasi amalga oshirilgan aksiyadorlik jamiyatlarining soni 99 tani tashkil etgan. Bu 2016 yildagidan 45 taga kam deganidir.


Tokio fond birjasida kunlik o‘rtacha aylanma 22,9, Istambul birjasida 2,1, Moskva birjasida 1,13, Qozog‘iston birjasida 0,7 milliard dollarni tashkil etadi. “Toshkent” RFBda esa ushbu ko‘rsatkich 2017 yilda bor-yo‘g‘i 143 ming dollarni tashkil etgan.

2019 yil yakunlari bo‘yicha “Toshkent” Respublika fond birjasida 99 ta emitentning 8,11 mlrd. qimmatli qog‘ozlar bilan 438,82 mlrd. so‘mlik 32 816 ta bitimlar qayd etildi. Birjaning “Main Board” aksiyalar maydonida 250,77 mlrd. so‘mlik 30 512 ta bitim, “Nego Board” maydonida 133,67 mlrd. so‘mlik 26 bitim, «Bond Market» obligasiyalar maydonida esa 38,57 mlrd. so‘mlik 126 ta bitimlar amalga oshirildi. Shuningdek, SPO natijasida “Kvars” AJ qimmatli qog‘ozlari bilan 15,81 mlrd. so‘mlik 152 ta bitimlar bo‘lib o‘tdi 2019 yilning so‘ngi kvartalida banklar qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hajmi sezilarli darajada pasayganligiga qaramasdan, ular bilan tuzilgan bitimlar summasi tarmoqlar kesimida 2019 yilda amalga oshirilgantranzaksiyalar hajmi bo‘yicha 72,81% ni yoki 319,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Eng likvidli qimmatli qog‘ozlar bo‘lib 2019 yilda qurilish, sanoat va bank sohasida faoliyat yuritayotgan emitentlar bo‘lib, umumiy hajmdan qurilish sohasidagi emitentlar qimmatli qog‘ozlari bilan 37,88% dan iborat 12 430 ta bitim, sanoat sohasidagi emitentlar qimmatli qog‘ozlari bilan 30,55 % dan iborat 10 026 ta bitim va bank sohasi qimmali qog‘ozlari bilan 23,44% ni tashkil etgan 7 692 ta bitimlar qayd etilgan.



4-topshiriq. O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan portfel investitsiyalarga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni o’rganing va tahlil qiling.


Ijobiy omillar

Salbiy omillar

Rivojlanib kelayotgan korxona , firmalarning aktsiyalari narxlari arzon va ko’p

Olinadigan foyda uncha kata emas , bu soha endi rivojlanayotganligi tufayli risk biroz yuqori


6-topshiriq. Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering.


1.

Moliyaviy instrumentlar

7.

Oddiy aksiyalar

2.

Hosilaviy moliyaviy vositalar

8.

Imtiyozli aksiyalar

3.

Diller

9.

Birlamchi moliyaviy vositalar

4.

Obligatsiya

10.

Depozit sertifikatlari

5.

Xalqaro birja bozori

11.

Xazina majburiyatlari

6.

Likvidlilik

12.

Broker

1 . Moliyaviy vositalar – bu, umuman olganda, monetizatsiyalashgan real bazisga ekvivalent qiymatga va xossalarga ega bo‘lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta‘minlovchi, ma‘lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo‘ladigan ham investitsion kapital, ham to‘lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.


2 . Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar tarkibiga esa amaliyotda optsion,fyuchers, varrant kabi vositalar kiritiladi. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bazis aktivlarining sifatini, daromadliligini va bozor faolligini, qo‘yilmalarning havfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
3 . Diler (ing . dealer — savdogar, agent) — 1) qimmatli qogʻozlar, valyutalar, qimmatbaho metallar va b. oldisotdisini, birja operaiiyalarini oʻz nomidan va shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi aʼzosi, jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) mahsulotni ulgurji (koʻtara) sotib olib, uni chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi, jismoniy yoki yuridik shaxs. Odatda, bunday agentlar mahsulot ishlab chikaruvchi firmalarning dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritadi.
4 . Obligatsiya (lotincha obligatio so‘zidan, majburiyat) –bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat‘iy) foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir.
6 . Likvidlilik — aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan sotilish qobiliyati. Aktivlar yuqori likvidlipast likvidli va likvidsiz turlarga boʻlinadi.
7 . Oddiy aksiya — aksionerlik jamiyatini boshqarishni huquqini beradi (aksionerlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish, dividend olish huquqi, jamiyatni likvidatsiya qilayotganda aksiyalar qiymatiga teng miqdorda korxona mulkini olish). Barcha oddiy aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim.
8 . Imtiyozli aksiyalar ovoz berish xuquqiga ega bo‘lmaydi, lekin uning afzallik tomoni shundaki, u aktsionerga oldindan ma‘lum bo‘lgan, qat‘iy belgilangan foiz bo‘yicha daromad bilan ta‘minlangan bo‘ladi. Daromad hajmi aktsionarlik jamiyati faoliyat natijasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turdagi jamiyatlarga bo‘linadi. Ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari o‘z aksiyalarini barcha xohlovchilariga ham, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari faqat o‘z ishchilariga sotishi mumkin.
Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling