13-mavzu: korxonalarda bankrotlik holati va uning oldini olish yo‘llari reja


Korxonalarda bankrotlik holatining oldini olish yo’llari


Download 110.43 Kb.
bet4/4
Sana03.12.2023
Hajmi110.43 Kb.
#1800939
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu amaliy mashg\'ulot

3. Korxonalarda bankrotlik holatining oldini olish yo’llari.

Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish (faoliyatini tugatish) bo‘lishi mumkin.


Sudgacha sanatsiya qilish bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgunga qadar amalga oshiriladi.
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilish – qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlardir.
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor shaxsdir.
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning mol-mulki egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilish taomilida boshqa chora-tadbirlar ham bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazilayotganda qarzdorga uning xizmat ko‘rsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari to‘xtatib qo‘yilib, so‘mlarda va (yoki) valyutada ish yuritadigan sanatsiya hisobvarag‘i ochiladi. Sanatsiya hisobvarag‘ini ishlatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.


Davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish uni o‘tkazishning belgilangan muddati tugaganligi yoki uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmog‘i lozim.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishlari shart.
Qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni uzish jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bayonnomasi uning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga murojaat etish uchun ovoz bergan muassislari (ishtirokchilari) hamda bu shaxslar tomonidan qarzni uzish jadvali qarzdor tomonidan ijro etilishini ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rsatilgan holda ilova qilinmog‘i lozim.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga qarzni uzish jadvali va qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan ta’minlanishiga oid dalillar ilova qilinmog‘i lozim.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risida kreditorlarning yig‘ilishiga bir necha shaxs iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan ta’minlanishi ular o‘rtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida joriy etiladi.
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimida sud sanatsiyasining muddati ko‘rsatilishi, unda iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Sud sanatsiyasi ko‘pi bilan yigirma to‘rt oylik muddatga joriy etiladi, bu muddat majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar kreditorlarning talablarini qondirishi uchun iqtisodiy sud tomonidan ko‘pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi joriy etilgan paytda:

  • kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;

  • qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;

  • sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar, to‘lanishi lozim bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.

Qarzni uzish jadvaliga muvofiq qondirilishi lozim bo‘lgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorning talablari summasiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday qanoatlantirish ro‘y bermasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilish paytigacha kreditorning talablari summasiga qo‘shib yozilishi lozim.
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) va tugatish haqida qaror qabul qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas:

  • ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xo‘jalik shirkatlari hamda mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qo‘shish yoki bunday mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlar;

  • qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulkini tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlar;

  • zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlar;

  • agar muayyan bitimlarni tuzishdan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki kreditorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor bo‘ladigan bo‘lsa, ayni ana shunday bitimlar.

Agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi. Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak va bu ajrim ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Tashqi boshqaruv o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi. Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz olti oydan oshmasligi lozim. Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran:

  • qarzdorning rahbari o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarishi shart;

  • qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o‘tadi, ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) o‘tadigan vakolatlar bundan mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi shart;

  • kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;

  • qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida qo‘llanilishi mumkin;

  • qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari yuzasidan kreditorlar talablarining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi.

Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlarga qarzdor to‘lashi shart bo‘lgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek yetkazilgan zarar summalari tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda to‘lash uchun taqdim etilishi mumkin.
Tashqi boshqaruvni joriy qilish haqida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni ma’qullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yig‘ilishiga har qanday kreditor tomonidan yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi tomonidan taklif etilishi mumkin.
Kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilishning kreditorlarning eng ko‘p ovozini olgan shaxsning nomzodi iqtisodiy sudga taklif etiladi.
Iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qarori bo‘lmagan holda joriy etayotgan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqargan paytdan e’tiboran uch haftalik muddat ichida ko‘rib chiqish, ma’qullash va iqtisodiy sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yig‘ilishi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi.
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni bo‘lmasa, iqtisodiy sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi.
Tashqi boshqaruvchi:

  • qarzdorning mol-mulkini o‘z tasarrufiga qabul qilishi va uni inventarizatsiyadan o‘tkazishi;

  • qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirish, aniqlash va qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rishi;

  • tashqi boshqaruvni o‘tkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun maxsus hisobvaraq ochishi;

  • tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va kreditorlar yig‘ilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi;

  • buxgalteriya, statistika hisobi va hisobdorligini yuritishi;

  • kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan belgilangan tartibda e’tirozlar bildirishi;

  • qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini ko‘rishi;

  • kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;

  • kreditorlar yig‘ilishiga tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida hisobotlar taqdim etishi shart.

Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:

  • ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;

  • norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;

  • debitorlik qarzlarini undirish;

  • qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;

  • qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish;

  • uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini bajarishi;

  • qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish;

  • qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;

  • qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.

Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, binolari, inshootlari, uskunalari, inventari, xomashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari), uning tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlar o‘zga shaxslarga o‘tkaziladi, boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan o‘tkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘lanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan, xaridor o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Korxona (biznes) sotilayotganida korxona (biznes) sotilayotgan paytda amal qilib turgan barcha mehnat shartnomalari o‘z kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa korxonani (biznesni) sotib oluvchi ixtiyoriga o‘tadi.
Korxonani (biznesni) sotish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kimoshdi savdosini o‘tkazish shakli va shartlari kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Agar korxona (biznes) tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk bo‘lsa, korxonani (biznesni) sotish qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan korxonani (biznesni) sotishda boshlang‘ich narx, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonaning mol-mulkini baholovchi tashkilot o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
Kimoshdi savdosini o‘tkazish shartlarida korxonani (biznesni) sotishdan tushgan pul mablag‘larini qarzdor tashqi boshqaruv muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin olishini nazarda tutish kerak.
Tashqi boshqaruvchi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish ko‘radi yoki ushbu maqsad uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etib, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘laydi. Kimoshdi savdosini o‘tkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tashqi boshqaruvchiga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lishi mumkin emas.
Tashqi boshqaruvchi korxona (biznes) ochiq kimoshdi savdosida sotilishi to‘g‘risidagi e’lonni rasmiy nashrda kimoshdi savdosi o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin e’lon qilishi shart. E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • korxona (biznes) to‘g‘risidagi ma’lumotlar va u bilan tanishish tartibi;

  • kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun talabnomalar berish muddatlari, vaqti va joyi;

  • korxonani (biznesni) sotishning boshlang‘ich narxi;

  • kimoshdi savdosini o‘tkazish va uning yakunlarini chiqarish vaqti hamda joyi;

  • oldi-sotdi shartnomasini tuzish va to‘lovlar shartlari hamda muddatlari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar.

Agar e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda bitta ham talabnoma olinmagan bo‘lsa yoki bitta ishtirokchidan talabnoma olingan bo‘lsa, korxonani (biznesni) sotish bo‘yicha kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi va takroriy kimoshdi savdosi o‘tkaziladi. Agar korxona (biznes) birinchi kimoshdi savdosida sotilmagan bo‘lsa ham takroriy kimoshdi savdosi o‘tkaziladi.
Takroriy kim oshdi savdosini o‘tkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish to‘g‘risidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan e’tiboran o‘n besh kun ichida e’lon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran kamida o‘n besh kunlik muddat o‘tgach, o‘tkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga ko‘ra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasi kimoshdi savdosi g‘olibi bilan tashqi boshqaruvchi o‘rtasida kimoshdi savdosi yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay tuziladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari to‘g‘risida bayonnoma imzolaydi, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs kimoshdi savdosi bayonnomasini yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda o‘zi to‘lagan zakalatdan mahrum bo‘ladi. Zakalat summasi kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni o‘tkazishga ketgan chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdor mol-mulkining tarkibiga kiritiladi.
Agar korxona (biznes) sotilmagan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi, ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga binoan korxonani (biznesni) ommaviy oferta vositasida kimoshdi savdosiga qo‘yishi va rasmiy nashrda ommaviy oferta to‘g‘risidagi taklif e’lon qilingach, kamida o‘n besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasini tuzishi mumkin.
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hollarda tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilishi lozim.
Agar korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni taklif etadi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, iqtisodiy sud tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa tugatish massasini tashkil etadi hamda belgilangan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruvchi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkning bir qismini ochiq kimoshdi savdosida sotishni boshlashga haqli.
Qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishi qarzdorning o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishini imkonsiz qilib qo‘ymasligi kerak.
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi o‘tkazish orqali realizatsiya qilinadi.
Kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan mol-mulkning bir qismini sotishda boshlang‘ich narx, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulkini baholovchi tashkilot o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdor mol-mulkining bir qismini kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan, xaridor o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Tashqi boshqaruv jarayonida tashqi boshqaruvchi qarzdorning arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo va tayyor mahsuloti qoldiqlarini kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan, kimoshdi savdosi o‘tkazmagan holda oldi-sotdi shartnomalari asosida sotishga haqli.
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan summa tugatish massasini tashkil etadi hamda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.
Download 110.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling