13-mavzu: Parchinlash


Download 166.07 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi166.07 Kb.
#1138294
Bog'liq
13-mavzu


13-mavzu: Parchinlash

Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan birik-tirishparchm/mashdebataladi. Buturdagi birikmalarni ajragashga ehtiyoj tug’ilsa, parchin mixlarni sindirib detallarni bo’laklarga bo’lish mumkin. Parchin mixli biriktirish usuli metall konstruk­siya, balkalar yasashda, kemasozlik, samolyotsozlikda hamda ko’prik va fermalar qurishda keng qo’llaniladi.


Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat:
parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
teshiklardan parchin mix kallagiga moslab rax hosil qilish;
yashirin kallaklar uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
teshikka parchin mixlarni qo’yish;
parchin mixning birikgirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga shakl berish.
Parchinlash ikki usulda — qizdirish va sovuqusulda bajarilishi mumkin. Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish usuli maxsus sexlarda qo’lla­niladi. Bunda parchin myxni/1000°—1100°S da qizdirib teshikka tiqiladi. Parchin mix sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi. Mixning uchida qattiq zarb berish yoki presslash yordamida kallak hosil qilinishi mumkin.
Qo’llanidadigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki bosim turlariga ko’ra parchin mixlar uch turga bo’linadi:
dastakli asboblar zarbasi uchun;
pnevmatik bolg’alar zarbasi uchun;
press usuli uchun parchin mixlar.
Parchin mixlar hisobiga detalning og’irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda parchin mixlarning bo’shashib qolishi, detallarni bi-riktirishda operasiyalarning ko’pligi, teshiklarni zenkovkalash, ishlashda ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga salbiy ta’siri detallarni parchinlab biriktirishning kamchiliklari hisoblanadi. Shunnng uchun ham parchinlash usulini takomil-lashtirish bilan birga ishlab chiqarishda yig’ish-biriktirishning maqbul usuli bo’lgan elektr-gaz payvandlari keng qo’llaniladi- Bun­da» tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32—200, VK 32—250, IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi.
P archin mix kallakli metall chiviq bo’lib, uning yarim yuma-loq baland kallakli (chiviq dia-metri 1—36 mm. gacha, uzunligi 2—180 mm. gacha), yarim yumaloq past kallakli (0 4—80 mm. gacha), yassi kallakli (0 2—36 mm, uzun­ligi 4—180 mm), tpshrgt kalg lashsh (01—36 mm, uzrshygi 2— 180 mm), shrim yashirin kallakli (0 2—36 mm, uzukligi 3—210 mm) turyaari bor (280-rasm, a, b, v, g, d).
P archin mixlar po’lat (St2, StZ), mis (MZ, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM 5P, D18, AD1), zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (^G2) po’latdan yasaladi. Odatda, p8ch«in mixlar parchinlanadigan metallar rusumidan tayyorlanadi. Aks holda parchin zanglashi va bnrikkan joyidan yemirilishi mumkin. Ba’zan maxsus turdagi portlaydigan parchin (AN-1504) mixlardan foydalaniladi.
Portlaydigan parchin mixlarning uchidagi chuqurchaga portlovchi modda to’ldirilib, atmosfera namliklaridan himoyalab berkitilgan (280-rasm, yo). Bunday mixlarning uzunligi 6 mm. dan 20 mm. gacha, parchinlanadigan paketning qalinligi 1,6—25 dan 14,1—15 mm. gacha. Parchinlashda (281 -rayem) mixni (2) teshikka bolg’a zarbasi bi-lan cho’ktiriladi (sovuq hodsa), keyin kallagiga elektr isitgich-ning (1) uchini 2—3 sekundga qo’yiladi, harorati 130°—160°Sga yet-gan zaryad portlaydi, natijada, chiviqning uchi kengayadi va qalpoq hosilbo’ladi.
Quvursimon parchin mixlar bilan parchinlashda teshikka quvur-
simon (ichi bo’sh) parchin mixni (1) cho’ktirib maxsus asbob yordami-
da kisiladi (282-rasm, a). Eng oddiy usulda p archin mix (1) teshikka cho’ktirilib, keyin bodaacha bilan plastinaga zarba berib parchinlanadi (282-rasm, b).
O’zakli parchin mixlar (serdechnik) ichi bo’sh chiviqdir. Ular bilan buyumlarni parchinlash jarayoni 283-rasmda ko’rsatilgan
SAGI parchin mixlari po’latdan (30XMA) tayyorlanib, ikki qism — piston (1) va o’zak (2) dan iborat. Pistonli o’zakni teshikka cho’ktirib (3) bolg’acha bilan zarba beriladi, bu bilan o’zakning konusli uchi pistonning ostki qismini kerib kallak (4) hosil qiladi (284-rasm).
Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi parchinlash choki deb ataladi (285-rasm). Parchin mixli birikmaning turi va qo’llanilishiga ko’ra, ular uchta — pishiq, zich va pishiq-zich xillarga bo’linadi.
Pishiq choklarni mustaxkam birikmalarDa qo’llaniladi. Mustah-kamlikka erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab par­chinlash kerak. Bu usul balka, kolonna, ko’prik va boshqa metall konstruksiyalarni parchinlashda qo’llaniladi.
Z ich choklar germetik konstruksiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi. Konstruksiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi, bunday choklar rezervuarlar, yuqori bo-sim talab qilmaydigan sisternalar va shunga o’xshash buyumlarni tayyorlashda qo’llaniladi.
P ishiq-zich choklar yetarli darajada ger­metik bo’ladi, suv, gaz va boshqa suyuq-liklarni o’tkazmaydi. Bug’ qozonlari, .yuqori bosimli rezervuarlar pishiq zich choklarga ega. Bunday choklar maxsus par­chinlash mashinalari yordamida qizdirish usuli bilan bajariladi.
Har bir parchin birikmada varchin mixlar bir, ikki qator va undan ortiq holda joylashtiriladi. Shunga muvofiq, parchin choklar bir, ikki hamda ko’p qatorli bo’lishi bilan birga parallel va shaxmat tarti-bida joylashtirilishi mumkin (286-rasm).
NAZORAT SAVSQDLARI
Parchinlash deb nimaga aytiladi?
Parchinlab biriktirishning kamchiliklari nimada?
Parchin mixlarning turlarini ayting.
Parchin mixlar qanday materiallardan tayyorlanadi?
Portlaydigan va quvursimon parchin mixlar bilan qanday parchin­lanadi?
Pishiq choklar qanday maqsadlarda qo’ldaniladi?
Zich va pishiq zich choklar qanday usulda parchinlanadi?


Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003.
2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999.
3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: 1989.
4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983.
5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998.
6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983.
7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982.
Download 166.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling