13-Мавзу. Поллар ва том қопламаларини қуриш


Download 1.39 Mb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1619664
  1   2
Bog'liq
14 мавзу (1)


13-Мавзу. Поллар ва том қопламаларини қуриш.
Pollar temir-beton ora yopma paneli ustidan yoki podvalsiz binolar
birinchi qavatida to‗g‗ridan-to‗g‗ri tuproq ustiga o‗rnatiladi.
Polning eng yuqori qatlami ―qoplama‖ yoki ―haqiqiy pol‖ deb ataladi.
Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza satxiga o‗rnatiladi. Bunda
tagiga solingan tekislovchi qatlam betondan, sement-qum qorishmasidan, asfaltdan
yoki gipodan iborat bo‗lishi mumkin.
Qavatlararo ora yopmada pol asosi bo‗lib, ora yopma ko‗taruvchi
konstruksiya hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlam bo‗lmaydi. Pol konstruksiyasiga tovush o‗tkazmaydigan, issiqlik va suv o‗tkazmaydigan qatlamlar qo‗shimcha bo‗lim kirishi mumkin.
Binoning vazifasiga va ishlab chiqarish jarayonlari xarakteriga ko‗ra
pollar pishiq bo‗lishi, issiqlikni kam o‗tkazuvchi, sirpanmaydigan, xo‗llanganda shishmaydigan, ko‗rinishi chiroyli, chang olmaydigan, yurganda tovush chiqarmaydigan, oson tozalanuvchan, industrial va arzon bo‗lishi kerak.
Namlik yuqori darajada bo‗ladigan xona pollari namlik ta‘siriga chidamli
va suv o‗tkazmaydigan, yong‗indan xavfli binolarda esa yonmaydigan bo‗lishi kerak.
Pol qurilishiga ko‗ra yaxlit, quyma, alohida elementlardan qurilgan va
bukiluvchan yumshoq rulon materiallardan iborat bo‗lishi mumkin. Qaysi
materialdan qilinishiga ko‗ra pollar yog‗och taxtali, parketli, lenoleumli, keramik
plitkali, sementli kabi turlarga bo‗linadi. Yaxlit quyma pollarga sementli pol,
mozaik pol, asfalt pol, mastika pol va tuproq pollar kiradi (2.46-rasm).
Sementli pollar qurishda beton asos ustidan 1:1-1:3 nisbatda qumdan
tayyorlangan qorishma 20 mm qalinliqda yotqiziladi. Bunday pollarning asosiy kamchiligi ularning changishi, issiqlik o‗tkazuvchanligi va ko‗rinishi jixatidan chiroyli emasligidir. Shu sababli ular asosan, turar-joy binolaridan boshqa joylarda ishlatiladi.
Mozaika pollar ko‗pincha jamoat binolarida quriladi. Ular ikki qatlamdan iborat bo‗lib, beton asos ustidan 15 mm qalinlikda qatlam sement qorishmasi to‗shaladi va uning ustidan sement mayda shag‗al qorishmasi to‗shalib ikkinchi qatlam xosil qilinadi. Qorishma qotgandan so‗ng maxsus mashinalarda yuzasi silliqlanadi va sayqallanib chiroy beriladi. Yaxlit asfalt pollar uning ustidan issiq asfalt qorishmasi 20-25 mm qalinlikda yozilib, xosil qilinadi.




Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling