13-mavzu. Qo’rg’oshin. Texnogen qor’g’oshin manbalari Reja


Download 135 Kb.
bet1/5
Sana10.02.2023
Hajmi135 Kb.
#1188392
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma`ruza 13 (2)


13-mavzu. Qo’rg’oshin. Texnogen qor’g’oshin manbalari
Reja:

  1. Qo‘rg’oshinning tuproq va organik moddalar o‘zaro ta'siri.

  2. Qo‘rg’oshinni aniqlash usullari.

  3. Qo‘rg'oshinning harakatlanishi tuproq, uning birikmasi va tuproqlarning sirt qatlami tormozlanish. Mikrobiologik va ekokimyoviy jarayonlar



Tayanch so’z va iboralar: Qo‘rg’oshin, qo‘rg’oshinni aniqlash usullari, qo‘rg'oshinning harakatlanishi, mikrobiologik va ekokimyoviy jarayonlar.
Qo’rg’oshin rudalardan ajratib olish oson bo’lganligi uchun qo’rg’oshin insonlarga qadim zamonlardan beri ma’lum. U faqat birikmalar holida uchraydi. Qo’rg’oshinning eng muhim minerali galenit yoki qo’rg’oshin yaltirog’i PbS dir. Uning angelezit – PbSO4, serrusit – RbSO3 krokoit PbCO4, kabi minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega. Qo’rg’shin uran va toriy elementlarining radioaktiv yemirilishidan kelib chiqqan eng oxirgi mahsulot sifatida uran va toriy


92
rudalarida uchraydi. Uran 235 U dan kelib chiqqan qo’rg’oshinning atom massasi 207, toriy
232

Th
90


92
dan hosil bo’lgan qo’rg’oshinniki 208 va uran 238 U dan kelib chiqqan qo’rg’oshinniki 206 ga teng. Tabiiy qo’rg’oshin bu izotoplar aralashmasidan iborat.
Sanoatda qo’rg’oshinni asosan qo’rg’oshin sulfiddan va qisman qo’rg’oshinning kislorodli
birikmalaridan olinadi. Qo’rg’oshin rudalarida qo’rg’oshin miqdori 4% chamasi bo’ladi. Shu sababli avval rudani flotatsiya yo’li bilan boyitilib, kontsentrat olinadi. So’ngra uni maxsus pechda havo oqimida mumkin qadar to’liq, ravishda kuydiriladi. Hosil bo’lgan qo’rg’oshin (II)- oksidni vertikal pechda koks bilan qaytariuladi:
2PbS + 3O2 → 2RbO + 2SO2
2RbO + S →Rb + SO
Xossalari. Qo’rg’oshin kul rang tusli yaltiroq metall bo’lib, uning sirti havoda xiralanib qoladi. Qo’rg’oshinning qalin bo’lmagan bo’laklarini pichoq bilan kesish mumkin. Qo’rg’oshin og’ir metall, uning zichligi 11,34 g/sm3, 327,4°S da suyuqlanadi va 17510C da qaynaydi. Issiqlik va elektr tokini ancha yomon o’tkazadi. Qo’rg’oshinning normal elektrod potentsiali E° = -0,129 V ga teng.
Havoda qo’rg’oshin sirti oksid parda bilan qoplanib qoladi, bu parda qo’rg’oshinni bundan keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Qo’rg’oshinning galogenlar, oltingugurt hamda vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida kimyoviy bog’lanish qisman kovalent tabiatga ega bo’ladi, uning uglerod, kremniy kabi moddalar bilan hosil qilgan birikmalari yarim o’tkazgich xossalariga ega.
Qo’rg’oshin galogenlar bilan sal qizdirilgandayoq shiddatli reaksiyaga kirishib PbF4, RbS12,
PbF2, RbVg2, Rb4, Rb2, tarkibli birikmalar hosil qiladi. Qo’rg’oshinga xlor va brom ta'siridan RbSl2 va RbVr2 hosil bo’lishining sababi shundaki, RbS14 va RbVr4 lar beqaror moddalardir.
Pb + Cl2 = PbCl2 Pb + Br2 =PbBr2
Qo’rg’oshin oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib qo’rg’oshin (II)- sulfidni hosil qiladi.
Pb + S = PbS
Qo’rg’oshin azot bilan bevosita birikmaydi. U ko’pchilik metallar bilan intermetall birikmalar hosil kiladi.
Suv yuqori temperaturada qo’rg’oshin sirtidagi oksid pardani erita olishi sababli, qo’rg’oshin issiq suvda asta- sekin oksidlanadi. Qo’rg’oshin xlorid va sulfat kislotalarda eriydi, lekin bu vaqtda uning sirti oz eruvchan xlorid va sulfat qavatlar bilan qoplanib qolishi sababli, erish jarayoni sustlashib ketadi.

Pb + 2HCl → PbCl2 + H2 Qo’rg’oshin suyultirilgan nitrat kislotada yaxshi eriydi:
3Pb + 8HNO3 → 3Pb(NO3)2 + 2NO + 4H2O
Bu reaksiya davomida hosil bo’lgan qo’rg’oshin nitrat suvda yaxshi erishi sababli, qo’rg’oshinning suyultirilgan nitrat kislotada erishi davom etaveradi. Kontsentrlangan nitrat kislota qo’rg’oshinni oksidlaydi.
Pb + 4HNO3 → Pb(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
Qo’rg’oshin sirka kislotada kam (ayniqsa kislorod ishtirokida) eriydi: 2Pb + 4CH3COOH + O2 → 2Pb(CH3COO)2 + 2H2O
Qo’rg’oshin xuddi qalay kabi, kontsentrlangan ishqor eritmasida qaynatilganda eriydi. Bunda vodorod gazi ajraladi va plumbitlar hosil bo’ladi.
Pb + NaOH + N2O → Na[Pb(OH)3] + N2

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling