moslashuvchanlik potensiali kiradi. Maklakovning nuqtai nazari bilan qaraganda, har bir odam shaxsiy moslashuvchanlik potensialiga, ya’ni, ijtimoiy muhit sharoitlariga samarali moslashish imkonini beruvchi ma’lum psixologik xususiyatlar to‘plamiga ega. Shaxsiy moslashuvchanlik potensialining rivojlanish darajasiga ko‘ra inson turli vaziyatlarda o‘z hulq-atvorini u yoki bu darajada samarali shakllantiradi. Shunday ko‘ra, hulq-atvorning muntazamliligi haqida emas, balki turli sharoitlarda mutanosib hulq-atvorni belgilovchi qirralar doimiyligi haqida so‘z yuritish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |