V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o’rganib, uning
kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini
ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga
erishishiga
yordam beradigan o’zining yo’llari va
usularini faol izlasa, individual uslub yuzaga
keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida
ular temperamentning
dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga
har biri individual
ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi.
Bunda mazkur
faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning
har xil tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi.
Chunonchi,
xolerik
temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan
sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki
melanxolik bilan birgalikda
ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki,
temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina
faoliyat
turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. o’z
temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish,
faoliyatning individual uslubini shakllantirish
bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim
va tarbiya ta'sirini negizida yuzaga keladi.