13-mavzu. Temperament reja
Download 74.7 Kb.
|
13-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperament
- Nazorat savollari
Tayanch tushunchalar
Labillik (lot. labilis - beqaror, o’zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga o’tish xususiyati. Melanxolik (yunon. Melas - qora, chole - o’t, safro) - temperament turlaridan, psixik faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun xam juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi. Rigidlik (lot. regidus - qattiq ustahkam) - sub'ektiv tomonidan dasturlashtirilgan faoliyatda qayta qurishning talab qilinishi natijasida ro’y beradigan qiyinchiliklar. Sangvinik (yunon. Sanguis qon) - temperament turlaridan. By tur chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez-tez o’zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan dilkashlik va mexribonlik qilish xislatlari bilan tavsiflanadi. Temperament (lot. temperamentum - qismlarning bir-biriga munosabati) - shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui. By kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi. Flegmatik (yunon. flegma balg’am, shilimshiq modda) - temperament turlaridan biri. Bu harakatlarning sekinligi, barqarorligi, emosional holatlarning tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi. Xolerik (yunon. chole - safro, sarik o’t) - temperament turi, u hissiyotning jo’shqinligi, kayfiyatning birdaniga tez o’zgarib qolishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi. Nazorat savollari 1.Temperament tushunchasining mohiyatini asoslang? 2.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsating? 3.Temperament xususiyatlariga ta'rif bering? 4.Temperament tiplarining mohiyatini izohlang? 5.Faoliyatning indvidual uslubi va temperament o’rtasidagi munosabatni aniqlang? 6.Temperament borasidagi psixologik nazariyalarning mohiyatini asoslang? Download 74.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling