13-mavzu. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy yo‘llari Ma’ruza rejasi


Texnologik jarayonlarning sinflari


Download 297.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana02.02.2023
Hajmi297.08 Kb.
#1147284
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
M.T.A. 13-mavzu

 
 Texnologik jarayonlarning sinflari 
 
Ishlab chiqarish sharoitiga va maqsadiga qarab loyihalanuvchi texnologik 
jarayonlarning turli kо‘rinishi va shakli qо‘llaniladi. Texnologik jarayonlarning 
kо‘rinishi, jarayon bilan qamrab oluvchi buyumlarning soni bilan aniqlanadi (bitta 
buyum, bir tipdagi yoki har xil tipdagi buyumlar guruhi). 
Yagona texnologik jarayon-bu bir nomli, tip о‘lchamli va ishlab chiqarish 
turiga bog‘liq bо‘lmasdan bajarilgan buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash 
texnologik jarayoni (GOST 3.1109-82). Yagona texnologik jarayonlarni ishlab 
chiqish original buyumlar uchun xarakterlidir (detallar, yig‘ilma birliklar), ya’ni 
korxonada oldinroq tayyorlangan buyumlar bilan umumiy konstruktiv va 
texnologik belgilari bо‘lmagan. 
Unifisirlashtirilgan texnologik jarayon - bu buyumlar guruhiga (detallar, 
yig‘ilma birliklar) tegishli bо‘lgan, konstruktiv va texnologik belgilarini 
umumiyligini 
tavsiflab 
beruvchi 
texnologik 
jarayonga 
tushuniladi. 
Unifisirlashtirilgan texnologik jarayonlar tiplashtirilgan va guruhlashtirilgan 
texnologik jarayonlarga bо‘linadi. Unifisirlashtirilgan texnologik jarayonlar mayda 
seriyalab, seriyalab va qisman yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda keng 
qо‘llanilmoqda. 
Unifisirlashtirilgan 
texnologik 
jarayonlarni 
qо‘llash 
ixtisoslashtirilgan uchastkalar, ishchi joylar, qayta sozlanuvchi texnologik 
moslamalar va jihozlar borligiga bog‘liq. 
Tiplashtirilgan texnologik jarayon-umumiy konstruktiv va texnologik 
belgilari bо‘lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik jarayoni (GOST 3.1109-
82). Tiplashtirilgan texnologik jarayon shunday guruh buyumlari uchun kо‘pchilik 
amallar va о‘tuvlar mazmunan tuzilishi va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi va 
ishchi texnologik jarayon va detalni tayyorlash uchun barcha kerakli axborotlarni 
borligida xuddi ishchi texnologik jarayon kabi axborot asosi sifatida qо‘llaniladi, 
shuningdek standartlar va tiplashtirilgan texnologik jarayonlar ishlab chiqish uchun 
baza bо‘lib hizmat qiladi. 
Guruhlashtirilgan texnologik jarayon-bu har xil konstruktiv, ammo 
texnologik belgilari umumiy bо‘lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik 
jarayoni (GOST 3.1109-82). Shu ta’rifga mos ravishda guruhlashtirilgan 
texnologik jarayonning о‘zi turli shakldagi tanavorlarga ishlov beruvchi jarayon 
sifatida, guruhlashtirilgan texnologik amallardan tashkil topgan, ixtisoslashtirilgan 
ishchi joylarda ma’lum guruh buyumlarni tayyorlash texnologik marshruti ketma-
ketligida bajariluvchi (GOST 14.316-75). Bunda ixtisoslashtirilgan ishchi joy deb, 
shunday ishchi joyga tushuniladiki, bitta buyumni yoki guruh buyumlarni umumiy 
sozlangan va alohida qayta sozlashlar bilan uzoq muddatli vaqt oralig‘ida 
tayyorlash yoki ta’mirlash uchun xizmat qiladi. Guruhlashtirilgan texnlogik 


jarayon, shuningdek bir guruhli amaldan iborat bо‘lishi mumkin (bir amalli 
guruhlashtirilgan texnologik jarayon). Guruhlashtirilgan texnologik amal 
qо‘llaniluvchi jihozlar, texnologik moslamalar va sozlashi umumiyligi bilan 
tavsiflanadi. 
Guruhlashtirilgan texnologik jarayonlar hamma turdagi ishlab chiqarishlar 
uchun ishlab chiqiladi, faqat korxona miqyosida. 
Perspektiv texnologik jarayon deb, hozirgi zamon fan va texnika, usullar va 
vositalar yutuqlariga mos keluvchi, qaysiki bajarilishida tо‘la yoki qisman 
о‘zlashtirish korxona oldida turgan texnologik jarayonga aytiladi. 
Ishchi texnologik jarayon deb, ishchi texnologik va (yoki) konstruktorlik 
hujjatlari bо‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga aytiladi. Ishchi texnologik 
jarayonni faqat korxona miqyosida ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishni konkret 
predmetini tayyorlash yoki ta’mirlash uchun qо‘llaniladi. 
Loyihaviy texnologik jarayon-bu texnologik hujjatlarning dastlabki loyihasi 
bо‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga tushuniladi. 
Vaqtinchalik texnologik jarayon-bu korxonada kerakli jihozlarning yо‘qligi 
tufayli yoki avariya bо‘lganligi sababli zamonaviyrog‘iga almashtirguncha, 
cheklangan vaqt oralig‘ida qо‘llaniluvchi texnologik jarayonga tushunamiz. 
Standart texnologik jarayon-bu standart bilan о‘rnatilgan texnologik jarayon. 
Standart texnologik jarayon deb, standart (UST, КST) bilan rasmiylashtirilgan 
ishchi texnologik va (yoki) konstruktorlik hujjatlar bо‘yicha bajariluvchi va 
konkret jihozlarga, ishlov berish rejimlariga va texnologik asbob-uskunalarga 
tegishli bо‘lgan texnologik jarayonga aytiladi. 
Кompleks ravishdagi texnologik jarayon, bu shunday texnologik jarayonki, 
qaysining tarkibiga na faqat texnologik amallar kiritilgan, balki texnologik jarayon 
yо‘nalishi bо‘yicha ishlanuvchi tanavorlarning kо‘chish, nazorat qilish va tozalash 
amallari ham kiritilgan. Кompleks ravishdagi texnologik jarayonlar, avtomatik 
liniyalarni va moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini 
yaratishda loyihalanadi. 

Download 297.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling