13-mavzu. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy yo‘llari Ma’ruza rejasi


Download 297.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana02.02.2023
Hajmi297.08 Kb.
#1147284
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
M.T.A. 13-mavzu

Bazalar tanlash 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda bazalar 
tanlash, bazalarning о‘zini aniqlashni va kerak bо‘lsa bazalar almashinuv tartibini 
о‘rnatishni maqsad qilib qо‘yadi. 
Bazalar tanlashda boshlang‘ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi 
qо‘yilgan о‘lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо‘yilgan texnik talablar, tanavor 
kо‘rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. 
Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan 
bazalar tо‘g‘risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо‘rib chiqqanmiz. 
Qabul qilingan bazalash sxemasi moslamaning konstruktiv sxemasini 
belgilaydi va detal о‘lchamlarining aniqligiga va yuzalarning о‘zaro joylashuviga 
ta’sir kо‘rsatadi. Ishlov berish aniqligini ushlashda bazalar birligi prinsipiga amal 
qilinsa yaxshi natija beradi. Bu holda bazalash xatoligi 0 ga teng bо‘ladi. Bu 
prinsipga amal qilish qiyin bо‘lsa (masalan, tanavorning turg‘unligi etarli bо‘lmay 


о‘lchov baza kichik bо‘lsa), bazalar bir yuzada yotmasligining zararli ta’sirini 
kamaytirishga intilib о‘rnatuv baza uchun boshqa yuza qabul qilinadi. 
Bazalar doimiylik prinsipiga amal qilish detal yuzalarining о‘zaro joylashish 
aniqligini oshiradi. Aylanuvchi yuzalarning yuqori konsentrikligini ta’minlash, 
kо‘p hollarda о‘sha bitta tanlangan bazani kо‘p marotaba ishlatish natijasida 
amalga oshiriladi. Bu prinsipi tо‘la amal qilish sun’iy bazalar (yordamchi); 
bobishkalar, platiklar, markaziy teshiklar, о‘rnatuv belchalari va boshqa еlementlar 
yaratishga olib keladi, va shuningdek barcha ishlov berishlar birlamchi tanavor 
qora yuzasidagi bazada bir о‘rnatuvda bajariladi. 
Oxirgi hol detallarni chiviqlardan avtomatlarda, kо‘p holatli (pozisiyali) va 
agregat stanoklarida, va shuningdek avtomatik-liniyalarda moslama-sputniklar 
ishlatishlarda о‘ringa еga. 
Baza tanlashda ishlov berish aniqligiga va g‘adir-budirligiga bо‘lgan talablar 
mazmuni yozilishi kerak, shuningdek tanavor materialida mavjud ichki 
kuchlanishdan hosil bо‘lgan deformasiyani yо‘qotish maqsadida qaytadan ishlov 
berilishi kо‘zda tutilishi kerak. 
Baza tanlash birlamchi ishlov berish rejasiga bog‘liq bо‘lib, texnologik 
jarayon loyihalashning keyingi еtaplarida har bir еlementi bо‘yicha aniqlab borish 
natijasida konkretlashtiriladi. 

Download 297.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling