13-mavzu. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy yo‘llari Ma’ruza rejasi
Detallarni alohida yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlash
Download 297.08 Kb. Pdf ko'rish
|
M.T.A. 13-mavzu
Detallarni alohida yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlash. Marshrut tanlash ishchi chizma va qabul qilingan tanavor talablariga asosan olib boriladi. Berilgan kvalitet aniqligiga, yuzalar g‘adir-budirligiga va о‘lchamlarini hisobga olgan holda, og‘irligi va shakliga qarab bitta yoki bir-nechta yakunlovchi ishlov berish usullari tanlab olinadi, hamda shunga mos jihozlar belgilanadi. Ishlov berish usullarining tavsifnomalari qо‘llanilganda bu masala osonroq echiladi. Tanavor kо‘rinishini bilgan holda, shuningdek birinchi marshrut tanlash ham qulay echiladi. Agarda, masalan, tanavor aniqligi yuqori bо‘lmasa shu yuzaga ishlov berishda qora ishlov berish usulidan boshlanadi. Tanavor yuqori aniqlikka еga bо‘lsa, toza, ba’zi hollarda еsa yakunlovchi usullardagi marshrutlarni qо‘llash mumkin. Yakunlovchi va birinchi usullardagi marshrut asosida о‘rtacha о‘tuvlar aro usullar о‘rnatiladi. Bunda har bir yakunlovchi usulga, bitta yoki bir-nechta о‘tuvlararo usullar tо‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan: teshikni toza razvertkalashdan avval dastlabki razvertkalash, dastlabki razvertkalashdan avval еsa toza zenkerlash yoki parmalash о‘tkazilgan bо‘lishi mumkin. Marshrut tuzishda har bir keyin keluvchi usul oldingisidan aniqroq bо‘lishi kerakligiga ahamiyat beriladi. Yuzalarga ishlov berish marshrutini tanlash shu yuzalarga qо‘yimlar о‘rnatish bilan bog‘liq. Berilgan yuzalarga о‘rnatiluvchi marshrutlar soni bir-qancha bо‘lishi mumkin. Ammo еffektivligi va rentabelliligi bо‘yicha bir xilda bо‘lmaydi. Bu kо‘rsatkichlar bо‘yicha marshrut tanlash murakkab va sermehnat masaladur. Bu masalani hal qilish uchun tiplik marshrutlar normativlari tuzilsa ancha engillashishi mumkin. Marshrut variantlari sonini tajriba asosiga kо‘ra kamaytirish mumkin. Masalan, shu yuzani bir о‘rnatuvda ketma-ket о‘tuvlar yordamida bir stanokda bajarish yо‘li bilan. Download 297.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling