13-mavzu. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy yo‘llari Ma’ruza rejasi
Download 297.08 Kb. Pdf ko'rish
|
M.T.A. 13-mavzu
Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish Ishlab chiqilgan texnologik jarayonlar tegishli texnologik hujjatlarda rasmiylashtiriladi, qaysining batafsillik darajasi ishlab chiqarish turiga va xarakteriga, va shuningdek ishlanuvchi buyumning murakkabligiga va aniqligiga bog‘liq holda о‘rnatiladi. GOST 3.1109-82 ga binoan texnologik hujjatlarda quyida keltirilgan texnologik jarayonlar bayoni qabul qilinishi mumkin. Texnologik jarayonning marshrutli bayoni, qaysinda marshrutli kartada о‘tuvlarini va texnologik rejimlarini kо‘rsatmasdan, ularning hamma texnologik amallarini ketma-ket bajarilishining qisqartirilgan bayoni beriladi. Texnologik jarayonning marshrutli bayoni odatdagidek yakka, mayda seriyalab va tajribaviy ishlab chiqarishlarda qо‘llaniladi. Texnologik jarayonning operasion bayoni, qaysindaki hamma texnologik amallarning о‘tuvlari va texnologik rejimlari kо‘rsatilib, ular ketma-ket bajarilishining tо‘la bayoni beriladi. Texnologik jarayonning operasion bayoni, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlarda hamda shu murakkab detallar uchun mayda seriyalab va hatto yakka ishlab chiqarishlarda ham qо‘llaniladi. Texnologik jarayonning marshrutli-operasion bayoni, marshrutli kartada texnologik amallarning ketma-ket bajarilishi tartibida qisqartirilgan bayoni beriladi. Boshqa texnologik hujjatda еsa alohida amallarning tо‘la bayoni beriladi. Marshrutli-operasion bayonni seriyalab, mayda seriyalab va tajribaviy ishlab chiqarishlarda qо‘llashga tavsiya qilinadi, qachonki agar tayyorlanuvchi buyum alohida murakkab detallarni о‘z ichiga olgan bо‘lsa. Turli kо‘rinishdagi texnologik jarayonlar tasnifi, [2]-ning 295 beti, 11.1- rasmdagi sxemada keltirilgan. Texnologik jarayonlar uchun hujjatlar shakllarining komplektini tanlash, ishlab chiqarish turiga va harakteriga hamda ishlab chiqiluvchi va qо‘llaniluvchi texnologik jarayonlar kо‘rinishlariga bog‘liq holda olib boriladi. [2]-ning 11.1- jadvaliga binoan (296 bet), ishlab chiqarish turini va texnologik jarayon kо‘rinishini ishlatish uchun texnologik hujjatlar shakllarining komplekti tanlab olinadi. Texnologik hujjatlarning yagona tizimida (THYaT) о‘rnatilgan qoidaga binoan marshrutli karta umumiy maqsad uchun hujjat hisoblanadi. Ya’ni bu hujjatda har qanday kо‘rinishdagi ishlarning texnologik jarayonining bayonini berish mumkin, shu qatorda yig‘uvlarni ham. Marshrutli karta majburiy hujjat hisoblanadi. Texnologik jarayonni marshrutli bayon еtishda, uning texnologik amallari yirikroq qilib yoziladi, ya’ni о‘tuvlari va texnologik rejimlari kо‘rsatilmaydi. Mexanik ishlov berish va yig‘ish texnologik jarayonlarini amalga oshirish uchun, о‘tuvlar va texnologik rejimlari kо‘rsatilishi zarur bо‘lgan holda texnologik jarayon kartalaridan yoki operasion kartalaridan foydalaniladi. Texnologik jarayonni operasion bayon еtishdagi hujjatlar komplektiga jamlovchi hujjat hisoblanuvchi marshrutli karta ham kiradi. Download 297.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling