13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja
His-tuyg‘uning o‘sishi (jonlanish)
Download 56.67 Kb.
|
13 mavzu
His-tuyg‘uning o‘sishi (jonlanish)
CHaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko‘pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush chiqarish oralig‘i qisilishning bevosita mahsuli sifatida, organizmnnng tabiiy ehtiyoji natajasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. SHunga qaramay, mutaxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq – noxush his-tuyg‘uning namoyon bo‘lishidir. Qisilish tanglik (zo‘riqish) tuyg‘usining vujudga kelishidir. SHuning uchun chaqaloqdagi muskul reaksiyasi bilan emotsional munosabatni farklash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. CHaqaloqni to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig‘lashga aylanadi. Yig‘lash bola jismoniy og‘riqni, ruhiy qayg‘uni, iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo‘ladi, tashqi olam bilan aloqa o‘rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush xis-tuyg‘ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin. Bola bir oyga to‘lgach o‘zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo‘ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan "o‘z" kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin. Mazkur psixologik holatni N.L.Figurin va M.P.Denisova "jonlanish" deb ataganlar. Bu davrda bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg‘usida esa atrof-muhitdan ta’sirlanish o‘z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o‘z munosabatini bildirish uning bundan keyingi o‘sishini belgilovchi bosqich vazifasini o‘taydi. "Jonlanish" bolaning kattalar bilan o‘ziga xos ravishda munosabatga kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi qo‘zg‘atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo‘ladigan "jonlanish"ning tabiati hali ochilgani yo‘q. Ehtimol, bu holat bolaning kattalar bilan muloqotining maxsus ko‘rinishi va ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog‘likdir, u balki bolada ijobiy his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atish omilidir. Ba’zan bolada o‘zini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo‘l va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish kabi tashqi ifodaga ega bo‘lgan ichki psixik kechinmalarda o‘z aksini topadi. Download 56.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling