13-mavzu: Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalari. O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar


Qo‘lyozmalar qamishqalamda yozilgan


Download 65.19 Kb.
bet2/5
Sana18.03.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1282198
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu. Yordamchi tarix fanlari

Qo‘lyozmalar qamishqalamda yozilgan. Qamishqalam tayyorlash ma’lum tajriba va malaka talab qilgan. Qalam tayyorlash uchun tanlab olingan qamish urib olinganidan keyin u to‘q jigarrang tusga kirgunicha suvga tashlab qo‘yilgan. Ma’lum muddatdan keyin suvdan olingan qamish qayta ishlovdan o‘tkazilgan va uning bo‘g‘imlari bor joydan qalamtaroshda qirqilgan. Uning bir tomoni qiya qilib kesilgan va uchi o‘tkirlangan hamda qorni yorilgan. Qamishni qirqib, qalam shakliga keltirish uchun qamish tagiga maxsus suyakdan ishlangan taglikdan foydalanishgan va u «naykat» yoki «qalamkat» deb atalgan. Bezakli san’at qo‘lyozmalarini yozish uchun qamishning uchini to‘g‘ri chiqarish katta ahamiyat kasb etgan. Qamishqalam uchi chiqarilib, tayyor bo‘lganidan keyin uni yerga ishqashgan. Bu bilan qamish tarkibidagi yog‘ni ketkizishgan va yozib ko‘rishgan. Agar qalam bilan yozilgan nuqta qog‘ozda tarqalib ketmay, rombik xolini saqlab tursa, demak u yozish uchun tayyor hisoblangan.
O‘rta Osiy va Xurosondagi xattotlar odatda qo‘lyozma uchun tush yoki siyox ishlatishgan. Tushni kuya va olchaning suvi aralashmasidan tayyorlashgan. Siyox esa, achchiqtosh va mozi (chernilno‘y oreshek) eritmasidan tayyorlangan. Uzoq vaqt o‘chmay saqlanib turadigan maxsus qora va rangli siyoxlarning retsepti ancha murakkab bo‘lgan va turli moddalarni o‘z ichiga olgan. Masalan, suyuq qog‘oz yelim-sirach, mozi, kuydirilgan qorazak (kuporos), suyuq xina, suyuq o‘sma, sachratki ildizidan olingan suyuqlik va boshqalar. Mutaxassislarning aytishicha, bunday siyoxlar yaqin-yaqinlargacha ham hech o‘zgarishsiz tayyorlab kelingan. Xatto Buxoroda shunday siyox tayyorlaydigan ustalar bo‘lganki, ular siyox tayyorlash texnologiyasi va tarkibini sir saqlashni va u faqat ulargagina ma’lum bo‘lgan. Badiiy san’at asarlari hisoblanadigan qo‘lyozmalar uchun tayyorlangan siyoxga hushbo‘y moddalar, masalan, atirgul moyi, mushk-anbar ham qushilgan. Bunday qo‘lyozmalarni o‘qilganda undan yengil hushbo‘y xid kelib turgan.
O‘rta asrlarda musulmon sharqida qo‘lyozmalar turli yozuvlarda yozilgan. Lekin O‘rta Osiyoda XV asrgacha asosan yozuv turlari nasx, suls, ta’lik yozuvlari bo‘lgan. Qolgan yozuv turlari nisbatan kam qo‘llanilgan. XIV asrga kelib, Xurosonda nasta’liq deb ataluvchi chngi yozuv turi vujudga kelgan. Bu yozuv turi ko‘pincha Qur’on nushalari ko‘chirilib kelgan nasx va devonxonalarda ish qog‘ozlariga ishlatilib kelingan ta’lik yozuvining o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan. Bu yozuvning rivojlanishi va keng tarqalishi xattotlik san’atining yirik vakili, Navoiyning zamondoshi bo‘lgan Sultonali Mashhadiyning nomi bilan bog‘liq (1432-1520). Sultonali Mashhadiy nasta’liq yozuvining bebaho san’at namunalarini yaratishi bilan birga, nasta’liq yozuvining nazariyasi va yozilish texnikasiga bag‘ishlangan ilmiy risola ham yozib qoldirganki, buning natijasida dastlabki qimmatbaho naqshinkor qo‘lyozmalar yaratishga mo‘ljallab yaratilgan bu yozuv juda qisqa muddat ichida boshqa barcha yozuvlarni siqib chiqargan va asosiy yozuv turi maqomini egallagan va XV-XIX asrlarla O‘rta Osiyo va Xurosonda yaratilgan qo‘lyozmalarning deyarli barchasi mana shu nasta’liq yozuvida bitilgan.
Badiy jihatdan pishiq qo‘lyozmalar albatta badavlat kishilarning buyurtmasi bilan yozilgan va bunday qo‘lyozmaning vujudga kelishida uch mutaxassis-xunarmandning mehnati singigan: xattot, miniatyurachi rassom va muqavosoz. Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyo va Xurosonda bir necha badiiy miniatyurasi rassomlar maktabi mavjud bo‘lgan. Bular ichida san’atning eng yuqori chuqqisiga erishgan maktab Sulton Xusayin Boyqaro hukmronligi davrida Xirotda vujudga kelgan Alisher Navoiyning ijodi bilan hamnafas bo‘lgan miniatyurachi rassomlar maktabidir. Bu maktabga mansub Kamoliddin Bexzod, Mahmud Muzaxxib kabilarning yaratgan san’at namunalari hozir ham badiiy san’at muxlislarini hayratga solmoqda. Bu badiiy maktab bazasida XVI asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda ham xuddi shunday maktab shakllangan, lekin u uzoq davom etmagan va XVI asrning so‘nggi choragida tarqalib ketgan. XVII asrga kelib, badiiy san’atda bir oz jonlanish kuzatilgan va buning natijasida XVII asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda yana bir badiiy san’at maktabi paydo bo‘lgan.
Qo‘lyozmaning muqovasi ham uning tarkibiy qismlaridan biri hasoblangan va u alohida hunarmand tomonidan alohida tayyorlangan. O‘rta Osiyodagi muqovasozlik o‘zining uzoq an’analariga ega bo‘lgan, lekin uning eng o‘ziga xos tarzda rivojlanishi XVIII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyoda qo‘lyozmalar uchun ishlangan muqovalar o‘zining to‘g‘ri, shakli va ishlangan materiali jihatidan xilma-xildir. Bu yerda charimdan, kartondan ishlangan muqovalarni, chinor daraxti yog‘ochidan, quyma kumushdan ishlangan muqovalarni va boshqa turdagi muqovalarni uchratish mumkin. Lekin bular ichida eng ko‘p uchraydigan muqovalar charimdan ishlangan muqovalardir.
Charmdan ishlangan muqovalar ham ikki xil bo‘lgan:
1. Bir butun charimdan ishlangan va hamma tomoni charm bo‘lgan muqova;
2. Qo‘lyozmaning tikiladigan joyi charm bo‘lib, qolgan joyi boshqa materialdan bo‘lgan muqova. Ikkinchi turdagi muqovalar O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Charm muqovalarining rangi ham turlicha bo‘lgan. Lekin ular ichida ko‘p tarqalgan zangor, qizil va sariq rangli muqovalardir. Muqova qilish uchun karton oddiy yozuv qog‘ozini bir-biriga yopishtirish yo‘li bilan tayyorlangan.
Bunday karton mag‘zayi sohta deb aytilgan. Kartonning yana bir turi qo‘lyozmaning chekkasi qirqilganidan keyin hosil bo‘ladigan qog‘oz qiyqimlarini presslab qo‘yish bilan hosil qilingan va bunday korton mag‘zai rixta deb aytilgan. Karton muqova tayyor bo‘lgach, uni yog‘li bo‘yoq bilan bo‘yashgan va ustidan lak berilgan. O‘rta Osiyoda muqovasozlikning markazlari Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Toshkent, Xiva shaharlari hisoblangan. XIX asrning ikkinchi yarmida eng yaxshi muqovasozlar deb qo‘qonliklar tan olinganlar. Ular saxxof yoki muqovasozlar deb atalgan. XVII asrdan boshlab O‘rta Osiyoda ishlangan muqovalarga shu muqovani ishlagan saxxofning ismini yozib qo‘yish urf bo‘lgan. Masalan, «amali saxxof Ubaydulloh» Ko‘pincha muqovasozlik ishi bilan kitobfurushlarning o‘zlari ham shug‘ullanishganlar.
Xulosa qilib shuni aytish o‘rinliki, O‘rta Osiyo va Xurosonning xalqi qo‘lyozma yaratishda o‘ziga xos uslubga, o‘ziga xos an’anaga ega bo‘lganlar va ular yaratgan qo‘lyozmalar o‘zining betakrorligi bilan dunyo madaniyatida katta salmoqqa egadir.
Qo‘lyozmalarning moddiy xarakteristikasi ham u yoki bu xalqning tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan, sharq xalqlari qo‘lyozmalari ham shu xalqlarning tarixidagi juda ko‘p masalalarga oydinlik kiritish mumkin.
Ilk qo‘lyozmalari kibtiy (kopt) qo‘lyozmalar bilan o‘xshashligi bor. Kibtiy qo‘lyozmalar esa, o‘z navbatida qo‘lyozmalarning hajmi, uning muqovasi, undagi bezaklar nuqtai nazaridan antik qo‘lyozmalardan andoza olgan. O‘rta asr arab qo‘lyozmalari umuman olganda qog‘ozga yozilgan va uning tashqi ko‘rinishi sodda (bezaksiz) bo‘lgan. Ularning hajmi bo‘yi 18-35 sm, eni esa 13-25 sm. lar o‘rtasida bo‘lgan. Juda kichik yoki o‘ta katta hajmdagi qo‘lyozmalar juda kam, shuningdek eni bo‘yidan uzun qo‘lyozmalar ham yo‘q hisobi. Qo‘lyozma sahifalarida matn to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramka ichiga yozilgan. Yozuv satrlari to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, egri-bugri, past-baland chiziqlarga yozish rasm bo‘lmagan. Satrlar orasidagi masofa ham bir xil bo‘lgan ramkadan tashqariga chiqmasdan yozilgan. Ramka ba’zan tekstlar yordamida hosil qilingan yoki bir yohud undan ortiq chiziqlar yordamida ajratilgan. Turli bo‘yoqlar bilan chizilgan ramkalar yoki murakkab shaklda ajratilgan ramkalar arablarning dastlabki qo‘lyozmalarida uchramaydi. Ular ko‘proq XYI-XIX asr qo‘lyozmalariga xos belgilardir. Dastlabki ilk qo‘lyozmalarning sahifalari esa oq qog‘ozga chizilgan ramka va undagi matnlardangina iborat bo‘lgan. Qo‘lyozmaning sarlavhasi, undagi boblar, qismlar nomlari kattaroq yozilgan harflar bilan, yoki birinchi so‘zning g ustiga chizib qo‘yish bilan, yoki boshqa rangdagi siyox bilan chizib qo‘yish yo‘li bilan ajratilgan.
Ramka tashqarisiga odatda xattot yoki kitobxon tomonidan kiritilgan izohlar yozilgan. Qo‘lyozmalarda sahifalarni raqamlar bilan numeratsiyalash dastlab odat bo‘lmagan edi. Uning o‘rniga sahifaning pastki qismiga chap tomonga keyingi sahifaning birinchi so‘zi yozib qo‘yilgan. Shu so‘z yordamida navbatdagi sahifa topib olingan. Bu so‘z «hofiz»-saqlovchi deb atalgan. (Tartibni saqlovchi ma’nosida). Ba’zan sahifadagi hoshiyaga xattotning o‘zi yozishi davomida yo‘l qo‘ygan xatolarini to‘g‘rilab ketgan. Ko‘pchilik qo‘lyozmalarda hoshiyadan tashqariga imkoni boricha oz narsa yozishga xarakat qilingan. Lekin imkoni bo‘lmagan paytda turli xil izohlar, tushuntirishlar, ayrim sharxlar, ba’zan u yoki bu so‘zning tarjimasi ramkadan tashqariga ya’ni hoshiyaga yozilgan. Bularni yozishning boshqacha varianti ham yo‘q emas edi. Ayrim qo‘lyozmalarda ular satr oraisga, maydaroq harflar bilan yoki boshqacha yozuv turida yozilgan qo‘lyozmalar ham mavjud.
Arab yozuvida bosh harf shakli bo‘lmagani sababli qo‘lyozmalarda ham bosh harflar uchramaydi. Abzaslarga bo‘lish an’anasi ham mavjud bo‘lmagan. Qo‘lyozma fanning qaysi sohasiga mansub bo‘lmasin, albatta «basmala»_bilan boshlangan va u alohida satrga joylashtirilgan. Shundan so‘ng Ollohga hamdu-sanolar, so‘ng payg‘ambarga salom va salovotlar yozilgan. Shundan keyin asarni yozishdan ko‘zlangan maqsad, asar nomi, ayrim kitoblarda uning necha bob va qismdan iborat ekanligi tushuntirilgan. Asar nomi ko‘pincha birinchi varaqning birinchi betiga yirik harflar bilan yozilgan. Ba’zan u keyingi betga asosiy matnning boshlanish qismiga ham yozilgan. Muallifning ismi esa, ko‘pchilik hollarda umuman yozilmagan.
Arab yozuvida tinish belgilar juda kam qo‘llanilgan. Bunday belgilar sifatida yulduzcha shakli, yurak shakli yoki uchburchak shakli ishlatilgan.
Arab qo‘lyozmalaridagi asosiy bezak yozuvning o‘zi edi. Shuning uchun qo‘lyozma yaratishda xusnixatga juda katta e’tibor berilgan. Kotiblar, xattotlar oldiga qo‘lyozma yozishda yozish san’atiga katta talablar qo‘yilgan. Xattot qo‘lyozmani qaysi yozuv turida harflarni qanday razmerda boshlagan bo‘lsa, qo‘lyozmaning oxirigacha o‘shanday davom ettirish va uni boshqa yozuv turiga almashtirilmasligi kerak bo‘lgan.
Qo‘lyozma yaratish uchun eng kerakli yozuv quroli qalam hisoblangan. U qamishdan yasalganligi uchun qamishqalam deb atalgan. Qamishqalam yasash uchun qamishning pishgan tanasi olingan va uning bir tomoni qiya qilib kesilgan. Kesilgan tomonining uchli o‘tkir qismi ishqab yanada o‘tkirlangan va silliqlangan. Qamishqalam sharq xalqlari adabiyotida juda ko‘p va ho‘b maqtalgan. Chunki u ijoddagi barcha go‘zallikning manbai hisoblangan. Qamishqalam sifati uni qamishlar ichidan tanlanishiga, qamishning yo‘g‘onligiga, rangiga, qayerda o‘sganiga bog‘liq bo‘lgan. Qamishqalam yasash uchun ajratilgan qamishlarni saqlashning va qayta ishlov berishning ham o‘ziga yarasha yo‘li bo‘lgan. O‘sha qoidaga amal qilib ishlov berilgan. qamishdan chiroyli va qiynalmay yozadigan qamishqalamlar ishlangan.
Qamishqalam VII-VIII asrdan XIX asrning oxirigacha asosiy yozuv quroli bo‘lib xizmat qilgan.
Keyingi yozuv quroli siyoxdondangina emas, balki yozuv uchun kerak bo‘ladigan qurollarning majmuasidan iborat bo‘lgan. Bunga qamishqalamning o‘tkirlab turish uchun kerak bo‘ladigan qalamtarosh, qalamni artib turish uchun ishlatiladigan paxta, shuningdek kitob shakliga keltirish uchun xizmat qiladigan kley (sirach), bigiz, qisqich, latta, chizg‘ich va boshqalar. Bularga maxsus korobka ajratilib, o‘sha korobkada saqlangan.
Bu qurollarning yana bir muhimi siyoxdir. Siyox tayyorlashning turli retseptlari mavjud bo‘lgan. Quyuq va qora rangdagi siyox, agar u yozilgandan keyin yaltirab tursa, eng yaxshi siyox hisoblangan. Siyox tayyorlashning ikki turi arab qo‘lyozmalarini yozishda ko‘p ishlatilgan. Biri yong‘oqdan tayyorlangan siyox bo‘lib, bunda yozilgan xat vaqt o‘tishi bilan jigarrang tus olgan va u yaltirab turgan. Bu siyoxni ichish ham mumkin bo‘lgan. Ikkinchi turi kuyadan ishlangan siyoxdir. Bu hozirgi tushga o‘xshash bo‘lgan. Bundan tashqari arablar qizil, sariq, ko‘k, sapsar rangli siyoxlarni, shuningdek oltin suvidan tayyorlangan zarxal siyoxlarni ham ishlatishgan.
Arab qo‘lyozmalari badiiy jihatdan ancha sodda bo‘lgan. Bezak juda kam ishlatilgan. Ulardagi yagona bezak birinchi saxifaning yarmini egallaydigan boshlanish qismidan oldinga qo‘yiladigan shakl bo‘lib, u unvon ________ deb atalgan. Unvon ko‘pincha gumbaz shaklda ishlangan. U ko‘k, qizil, zangor, ba’zan oltin rangda ishlangan.
Byurtma asosida tayyorlangan hamda sulton yoki podshohga tortiq qilish uchun bitilgan ayrim qo‘lyozmalarning birinchi beti miniatyuralar bilan, turli rangdagi xoshiyalar va naqshlar bilan bezatilgan. Bu naqshlar byurtma bergan kishining ismi, xattotning ismi sharifi, muallifning ismi bezak sifatida yozib qo‘yilgan. Eng ko‘p bezak ishlatilgan qo‘lyozmalar tabiiyki, Qur’on qo‘lyozmalaridir.
Muqova masalasiga kelsak, arablar kitobga muqova qilishni dastlabki qo‘lyozmalardanoq boshlaganlar. Hozir mavjud bo‘lgan eng qadimgi muqovali kitob Misrda yaratilgan va IX-X asrlarga mansub. Bu muqova Livanda o‘sadigan kder daraxti yog‘ochidan ishlangan, unga fil suyagidan naqshlar o‘rnatilgan, u Qur’on nushasining muqovasidir. Lekin odatdagi oddiy arab qo‘lyozmalari muqovalari yumshoq teridan ishlangan yoki yumshoq teri ustiga presslangan papirus yoki qog‘ozdan tayyorlangan karton yopishtirilgan.
Tabiiyki, har qanday qo‘lyozmaga ham muqova qilinavermagan. Chunki, u juda qimmatga tushgan.
Muqovasozlik Sharq mamlakatlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qo‘lyozmaning muqovasiga qarab, jamiyatning badiiy didini o‘rganish mumkin bo‘lgan. Boshqa san’at va xunarda bo‘lgani kabi muqovasozlikda ham arablar o‘zlarining an’analarini davom ettirish bilan birga boshqa xalqlarning ham an’analarini o‘zlashtirib, o‘zlariniki bilan qo‘shib rivojlantirib borganlar.
Arablardagi asosiy yozuv materiali papirus, pergament yoki qog‘ozdan iborat bo‘lgan. Qimmatligiga qaramay echki, mol, kiyik terisini qayta ishlab tayyorlangan pergament xijriyning dastlabki yillarida keng tarqalgan. pergament ko‘proq Shimoliy Afrikada ishlatilgan. Papirus daraxti asosan Msirda o‘sadi. U yozuv materiallari sifatida islomdan ilgari ham ancha mashhur edi. U xijriyning dastlabki uch asrida arablarda asosiy yozuv materiali bo‘lib xizmat qilgan. IX asrga kelib Xitoydan olib kelingan qog‘oz paydo bo‘lgan va qog‘oz papirus bilan raqobatlasha boshlagan va keyinchalik papirusni iste’moldan siqib chiqargan.
Chetdan olib kelinadigan qog‘oz Eronda VI asr oxir VII asr boshlarida Sosoniylar davridayoq ma’lum edi. Xijriyning birinchi asrida xalifalikda papirus va pergament bilan bir qatorda qog‘oz ham ishlatila boshlandi. Qog‘oz ishlab chiqarish arablarning o‘zida yo‘lga qo‘yilmaguncha u keng tarqalmagan. Qog‘oz ishlab chiqarishning siri dastlab Samarqandda ma’lum bo‘lgan. Samarqandliklar uni asir tushgan xitoylik ustalardan o‘rganganlar (VIII asrning ikkinchi yarmida) va ikki asr davomida qog‘oz ishlab chiqarish Samarqandning monopoliyasi bo‘lgan. Faqat X asr o‘rtalariga kelib, qog‘oz ishlab chiqaradigan tegirmonlar Suriya va Iroq shaharlarida paydo bo‘la boshladi. XI-XIII asrlarda sanoatning bu turi Misrda, Shimoliy Afrikaning boshqa davlatlarida va Ispaniyada paydo bo‘la boshladi. U yerdagi arablardan keyinchalik yevropaliklar o‘rganishgan. Tannarxi nisbatan arzon tushadigan qog‘oz ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi bilan qo‘lyozma yaratish yangi bosqichga ko‘tarilgan. Endi murakab tuzilishga ega bo‘lgan, ko‘p tomli va katta hajmdagi qo‘lyozmalar ham vujudga kela boshladi. Bizgacha yetib kelgan arab qo‘lyozmalarining asosiy qismi (IX-XIV asrlar) Samarqand texnologiyasi asosida tayyorlangan qog‘ozga yozilgan. XIV asrdan boshlab Yevropada ishlab chiqarilgan qog‘ozga yozilgan qo‘lyozmalar paydo bo‘la boshlagan. Keyinchalik bu qog‘ozlar sifati yaxshilanib borgan, miqdori ham osha borgan. Natijada Samarqand texnologiyasi asosida tayyorlangan qog‘oz sifati pastligi sababli o‘z o‘rnini Yevropa qog‘oziga bo‘shatib bergan.


  1. Download 65.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling